O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondonini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni general Jozef Votelni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar berildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi o`zaro aloqalarga alohida e`tibor qaratildi.

Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

General J.Votel davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, AQSh Prezidenti D.Trampning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

AQSh joriy yil mart oyida Toshkent shahrida O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o`tkazilgan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashi va qo`llab-quvvatlashi qayd etildi.

Ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o`rnatish mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afg`oniston va butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yo`lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta`kidlandi. 

Muloqot yakunida O`zbekiston Prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi O`zbekiston-Amerika hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarishi, o`zaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qat`iy ishonch bildirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018 yil 24 avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ...
23.08.2018 / 10:46
Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni rasmiy kutob olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo&rdquo ...
17.08.2018 / 11:38
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O&lsquo ...
06.08.2018 / 11:00
O`zbekiston delegasiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Fransiyadagi O ...
23.08.2018 / 10:36
Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. ...
17.08.2018 / 10:12
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen  ...
01.08.2018 / 09:24