O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
«Xo'ja Nasriddin» O'zbekistonda suratga olinadi. Unda Jan Reno rol o'ynashi kutilmoqda

Joriy yilda o'zbekistonlik kinoijodkorlar rossiyalik hamkasblari bilan birga O'zbekistonda “Xo'ja Nasriddin” filmini suratga olish ishlarini boshlaydi. 

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Kann kinofestivali doirasida tashkil etilgan milliy pavilonda o'zbek delegatsiyasi yangi kelishuvlarga erishishda davom etmoqda.

Shunday qilib, butun dunyo kinematograflari va kinobozorini bir yerga to'plagan Kann xalqaro festivalining eng qizg'in pallasiga kelgan bir davrda O'zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Memorandumga muvofiq, 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o'zbek hamkasblari bilan birga O'zbekistonda “Xo'ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.

“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta`kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan.

“Xo'ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o'zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi.

Loyihaning ishga tushirilishi o'zbekistonlik mutaxassislarning ish bilan ta`minlanishi, o'zaro tajriba almashishi, shuningdek mamlakatimizga xorijiy investitsiyaning jalb etilishiga yordam beradi.

Mavzuga oid yangiliklar
"Shaytanat"ning efir muddati nega o`zgardi?
"Shaytanat" seriali may kunidan boshlab efirga uzatilishi kerak edi... O`zMTRKning xabar berishicha, serial ramazon oyidan so`ng efirga uzatiladi. Chunki, telekanal rahbariyati ro`za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmagan. Eslatib o ...
21.05.2018 / 16:15
“Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtiga Ramazon tuhfasi
2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan «Hidoya» o'rta maxsus islom bilim yurtida kitob va kitob mutolaasini yoshlar o‘rtasida keng targ&lsquo ...
15.05.2018 / 14:13
Mashhur yapon rejissyori O`zbekistonda film suratga olmoqda
aponiyalik ssenarist, kino rejissyor Kiyosi Kurosavaning O`zbekistonda suratga olayotgan filmining tasvirga olish jarayonlar boshlandi, deb xabar bermoqda "Kunutun" nashri. 2017 yilning oktyabrida yaponiyalik mashhur rejissyor Kiyosi Kurosava o ...
03.05.2018 / 10:22
Izro Malakov O`zbekiston Prezidenti va o`zbek xalqiga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi
O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Uillard Interkontinental Vashington” otelida uyushtirilgan uchrashuvda e`tiborli voqea ro`y berdi. Gap shundaki, ko`p yillik samarali ijodi, o ...
19.05.2018 / 09:39
Poytaxtda milliy taomlar festivali bo`lib o`tdi
“O`zekspomarkaz”da madaniy an`analar va milliy taomlar festivali bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimizda akkreditasiyadan o`tgan o`ttizdan ziyod diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. ...
07.05.2018 / 11:09
Janubiy Koreyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi
Joriy yilning 30 aprel kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari va Koreya Rivojlanish Instituti (KDI) hamkorligida “Koreyada O`zbekiston kuni&rdquo ...
02.05.2018 / 14:43