O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash borasidagi tashabbuslari Vashingtonda e`tirof etildi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo`ladi. 

Davlatimiz rahbarining AQShga rasmiy tashrifi oldidan O`zbekiston delegasiyasi a`zolari qator muhim tadbirlarda ishtirok etmoqda. Vashington shahridagi Milliy press-klubda «O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash borasida erishgan yutuqlari va istiqboldagi vazifalar» mavzuida konferensiya bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Xalqaro press-klub, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda taniqli olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, fransiyalik tarixchi olim, sosiolog M.Laryuel, Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha rahbari S.Sverdlov, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Xalqaro press-klub rahbari Sh.Qudratxo`jaev va boshqalar O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquqlarini ta`minlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, yurtimizning xalqaro maydonda munosib o`rin egallashiga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi. 

Ta`kidlandiki, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. O`zbekiston Konstitusiyasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so`ng qo`shilgan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bo`lgan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o`z ifodasini topgan. 

Bugungi kunda O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha 70 ta asosiy hujjatga qo`shilgan, BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisidir. 

Mamlakatimizda milliy qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementasiya qilishning o`z modeli, insonning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan. 

O`zbekistonda inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida qonun hujjatlari muttasil takomillashtirib borilmoqda. 

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning to`la huquqli sub`ekti sifatidagi o`rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o`rin olish, O`zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo`shnichilik muhitini yaratish bo`yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Konferensiyada so`nggi yillarda O`zbekistonda inson huquqlari bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar dunyo jamoatchiligi tomonidan alohida e`tirofga sazovor bo`layotgani qayd etildi. 

Tadbirda mamlakatimizda sud hokimiyatining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. 

Soha mutaxassislari jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Mavzuga oid yangiliklar
Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi davlat rahbarining rasmiy sayti. « ...
16.11.2018 / 17:39
Yekaterinburgda O`zbekiston yangi konsulxonasi ochildi
Bugun Yekaterinburgda O`zbekiston Respublikasi yangi Bosh konsulxonasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik. “Marosim mahalliy vaqt bilan soat 10:30da boshlandi. Unda O ...
13.11.2018 / 15:14
Shavkat Mirziyoyev Polsha prezidentiga tabrik yo`lladi
Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Polsha prezident Anjey Dudaga tabrik yo`lladi.Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari Polsha etakchisini mamlakat mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan qutladi.
12.11.2018 / 09:18
Prezident qarori bilan Bitim tasdiqlandi
Prezident qarori bilan 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig`ilishida imzolangan Bitim tasdiqlandi.  Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma ...
15.11.2018 / 09:07
O`zbekistonda Rossiyada mehnat qilish uchun patent berish markazi ochiladi
O`zbekistonda Rossiyaning ko`p tarmoqli migrasiya markazi tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Markazda O ...
12.11.2018 / 09:20
Samarqandda inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi oʻtkaziladi
2018 yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu forum Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bagʻishlanadi. Inson huquqlari bo ...
08.11.2018 / 15:12