O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari sherikligining yangi davri boshlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Bu xaqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi. 

Unda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilg‘i-energetika, transport va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Savdo sohasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilinganiga qaramay, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi imkoniyat darajasida emas. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 210 million dollardan biroz oshgan. Amerikadek rivojlangan va O‘zbekistondek rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti aslida bundan ancha ko‘prog‘iga qodir. 

Prezidentimiz ikki tomonlama hamkorlikning shu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, o‘zaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tdi. 

O‘zbekistonda xorijiy valyutalar konvertatsiyasi ochilgani, yangi va zamonaviy investitsion muhit yaratilgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun AQSHning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilishga kelishib olindi. 

Muzokaralar so‘ngida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni kuzatib qo‘ydi.

Mavzuga oid yangiliklar
A.Komilov: Shavkat Mirziyoyev va ​Donald Tramp uchrashuviga 1 yil tayyorgarlik ko'rilgan​
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp uchrashuviga taxminan 1 yil tayyorgarlik ko'rilgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «O'zbekiston 24» ...
22.05.2018 / 12:53
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, suhbat O'zbekiston tomonining tashabbusi bilan o ...
21.05.2018 / 16:25
O‘zbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.  ...
18.05.2018 / 09:10
Sergey Shoygu Toshkentda. U O'zbekiston prezidenti qabulida bo'ladi
Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu 21 may kuni Toshkentga keldi. U 22-23 may kunlari O'zbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda.  U Toshkentda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, shuningdek ...
22.05.2018 / 12:50
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazildi
Joriy yilning 1-aprelidan e’tiboran yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g&lsquo ...
21.05.2018 / 16:00
Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyda AQSH Kongressi vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Bu xaqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi. Muloqotda O&lsquo ...
18.05.2018 / 09:03