O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Izro Malakov O`zbekiston Prezidenti va o`zbek xalqiga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi

O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Uillard Interkontinental Vashington” otelida uyushtirilgan uchrashuvda e`tiborli voqea ro`y berdi. Gap shundaki, ko`p yillik samarali ijodi, o`zbek maqom san`atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targ`ib etishga qo`shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Malakov “O`zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Vashingtonda xizmat safarida bo`lib turgan "Xalq so`zi" nashrining maxsus muxbiri Shavkat Ortiqov xalqimizning sevimli xonandasi Izro Malakovdan eksklyuziv intervyu olib, uning dil so`zlari bilan o`rtoqlashdi:

— “O`zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlanganim hayotimdagi eng quvonchli voqealardan biri bo`ldi. To`g`risi, ushbu nufuzli anjumanga taklif qilishganida menga bunday e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatiladi, deb o`ylamagan edim. Hozir hayajonimni so`z bilan ta`riflashga ojizman.

O`zbek xalqi san`atni chin dildan sevadi, uni ma`naviyatni boyitadigan, qalb hamda ruhni yuksaltiradigan beqiyos kuch, deb biladi. Buni O`zbekistonda maqom san`atini yanada rivojlantirish, uni chuqur o`rganish, asrab-avaylash, nozik asrorlarini targ`ib etish, maqomchilar, maqomshunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar faoliyatini moddiy hamda ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilayotganidan ham bilish mumkin. Bu haqda internet orqali bilib, eshitib-ko`rib turibmiz. Men kabi o`zga mamlakatda yashayotgan san`atkorga-da ko`rsatilayotgan e`zozni esa bir so`z bilan yuksak ehtirom, deb atash mumkin.

Shavkat Miromonovichning AQShga rasmiy tashrif bilan kelishi haqidagi xabarni eshitgan kunimdanoq katta hayajon, o`zgacha faxr va g`ururda edim. Chunki bu inson Prezident etib saylanganidan buyon O`zbekistonda xalqparvar siyosat yuritayaptiki, mazkur islohotlar kun sayin barchaning havasu hayratini oshirmoqda. Ushbu tarixiy tashrifning bevosita guvohiga aylanganimdan juda xursandman. Qarang, qanchadan-qancha yirik shartnomalar imzolandi. Bularning barchasi O`zbekiston hamda AQSh o`rtasidagi munosabatlar taraqqiyotida muhim asos bo`lib xizmat qiladi.

Shu o`rinda mehnatimni qadrlagani uchun O`zbekiston Prezidenti va o`zbek xalqiga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Bu g`amxo`rlik davlat rahbarining nafaqat O`zbekistondagi, balki butun dunyoda O`zbekistonga daxldor insonlarni qadrlashining, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashining amaliy ifodasi bo`ldi.

O`zbekiston — biz uchun tabarruk diyor. U erda Buxoro yahudiylariga shu qadar katta e`tibor, mehr ko`rsatilganki, dunyoning boshqa joyida bunday g`amxo`rlikni ko`rmaganmiz. Yoshim ulg`ayib borayapti, lekin mana bu unvon, shubhasiz, menga yangi kuch bag`ishlaydi. Bundan keyin ham maqom san`atining yanada ravnaq topishiga, xalqimizning mazkur noyob madaniy merosini dunyoga keng yoyishga hissa qo`shishga undaydi.

Mavzuga oid yangiliklar
Turkiyalik rejissyor "Jaloliddin Manguberdi" haqida film olmoqchi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertugrul” teleserialining rejissyori Mehmet Bo`zdag` boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar bermoqda O ...
16.10.2018 / 10:09
VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси якунланди
2018 йилнинг 8 октябрида бошланган VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси 14 октябрга қадар давом этди. Бугун Марказий кўргазмалар залида биенналенинг тантанали ёпилиш ҳамда ғолибларни тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. &ldquo ...
15.10.2018 / 09:57
Yulduz Turdiyeva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi
Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi. ...
09.10.2018 / 09:39
Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi
14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA. Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat.
15.10.2018 / 14:47
Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev o`z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so`zlab berdi. &ldquo ...
11.10.2018 / 20:34
Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi
5-oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish ...
08.10.2018 / 08:57