O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
Yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA – Japan International Cooperation Agency) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv davomida Yaponiyalik mutaxassislar Ilg‘or texnologiyalar markazining faoliyati, ular olib borayotgan ishlar bilan tanisharekanlar, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishgaqiziqish bildirishdi. 

Muzokaralarda ishtirok etgan JICAning loyihalarni shakllantirish bo‘yicha maslahatchisi Azuma Kendzironing ma’lumot berishicha, hozirda bir guruh o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda. 

Suhbatdan so‘ng Agentlik vakillari Ilg‘or texnologiya markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazning fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geofizika, biofizika, bioximiya laboratoriyalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Markaz xodimlari ularga bir necha daqiqalarda suyuqlik va qattiq jismlarning yuzga yaqin kimyoviy elementlarini aniqlab beruvchi uskunalar, yer qimirlashini va yer qatlamining seysmik holatini aniqlovchi asboblar,turli kasalliklar va ularga moyillikni erta aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan genetik izlanishlar,foydali qazilma boyliklarni qidirish bo‘yicha tadqiqotlar haqida so‘zlab berishdi. 

Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatovning qayd etishicha, Ilg‘or texnologiyalar markazi xalqaro tashkilotlar, jumladan, JICA bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor.Markazning malakali mutaxassislari turli xalqaro loyihalarda ishtirok etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi yo`lga qo`yildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida «Ixtisoslashgan so`yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me`yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini olish» imkoni yaratildi. ...
16.11.2018 / 17:32
Qoraqalpog`istonlik yosh dasturchi yangi o`yin yaratdi
Qoraqalpog`istonlik yosh dasturchi Damir Asamatdinov “Emoji Math“ nomli mobil qurilmalar uchun o`yin dasturi ishlab chiqdi. 5 yoshdan yuqori yoshdagilar uchun mo`ljallangan o`yin bolalarning aql-idrokini o`stirish ...
30.10.2018 / 19:39
Toshkentda markazlashgan axborot tizimiga ega yagona avtoturargoh tashkil etiladi
Toshkent shahri hokimligida Moskva shahar transporti ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti direktori o‘rinbosari Pyotr Barsukov, Moskva viloyati hokimligi vakillari, “Lanit Integratsiya” MChJ xodimlari bilan uchrashuv bo ...
24.10.2018 / 15:23
O`zbekistonda tekshiruvlarni ro`yxatga olish bo`yicha yagona elektron tizim yuritiladi
“Tekshiruvlarni elektron ro`yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risidagi” idoralararo qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi. Tekshiruvlarni elektron ro ...
13.11.2018 / 15:15
Toshkentda xotin-qizlarining innovasion yarmarkasi bo`lib o`tdi
Joriy yilning 22-27 oktyabr kunlari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani xotin-qizlarining innovasion tadbirkorlik haftaligi o`tkazilmoqda. Haftalik doirasida o`tkazilgan tadbirlarda o ...
29.10.2018 / 11:41
"O`zbektelekom": shaharlararo aloqa uchun yagona tarif tizimi yo`lga qo`yildi
"O`zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi rasmiy saytida shaharlararo aloqa uchun yagona tarif tizimi yo`lga qo`yilganligi e`lon qilinadi. Ushbu xabarda ma`lum qilinishicha, “O`zbektelekom&rdquo ...
12.10.2018 / 10:36