O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Namanganda an`anaviy gul bayrami boshlandi

27 may kuni Namangan shahrida 58-“Gul bayrami” tantanalari boshlandi. E`tirof etish joizki, 1960 yildan buyon an`naviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan nafosat va go'zallik tantanalariga bu yil tamomila o'zgacha shaklda tayyorgarlik ko'rildi. 

Gullar bilan bezatilgan yuzga yaqin turli rusumdagi mashinalar Namangan xalqaro aeroportidan yo'lga chiqdi. Islom Karimov va Amir Temur ko'chalari bo'ylab mashinalar paradi “Nuroniy” jamg'armasi viloyat bo'limi binosigacha barchaga xushkayfiyat bag'ishladi.

 

Bayramning tantanali ochilishi marosimida Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov so'zga chiqib, yildan yilga tobora yangi pog'onaga chiqib borayotgan gul bayrami Namanganning o'ziga xos brendiga aylanganligini e`tirof etdi. Yig'ilganlar e`tiboriga gul bayramining logotipi namoyish qilinib, uning madhiyasi yosh xonandalar ijrosida ilk marotaba ijro etildi. Namanganlik gulchilar ushbu bayram uchun 150dan ortiq turdagi 2 million tup noyob navli gul ko'chatlari parvarishlashdi. 

Bundan tashqari, Namangan shahri va tumanlari, Farg'ona, Andijon, Farg'ona viloyatlari, Toshkent shahridan kelgan gulchilar tomonidan 3 milliondan ziyod tuvakda parvarishlanayotgan gullar ko'rgazmasi va savdosi tashkil etildi. 

Xalqaro maqomda o'tkaziladigan gul bayramida minglab hamyurtlarimiz qatori xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi. Gul saylining ilk kunida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Quvayt, Bahrayn, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan mehmonlarni uchratdik. Jumladan, Saudiya Arabistoni qirolligining O'zbekistondagi elchixonasi atashesi Madzi Husayn al Subayxi bilan suhbatimizda taassurotlarini shunday izhor qildi:

– Namanganga birinchi bor kelishim, shunday ajoyib bayramda ishtirok etayotganimdan behad xursandman. Dunyo go'zalliklari Namanganda jam bo'libdi. Darhaqiqat, davlatingiz – O'zbekiston go'zal diyor. Bu go'zallik Namanganda yana bir bor e`tirof etildi.

Ma`lumot o'rnida, Namangan shahridagi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida boshlangan gul bayrami rasman bir haftaga belgilangan bo'lsa-da, sayillar bir oy davom etadi.

Oqilxon Dadaboyev,
jurnalist.

Mavzuga oid yangiliklar
Turkiyalik rejissyor "Jaloliddin Manguberdi" haqida film olmoqchi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertugrul” teleserialining rejissyori Mehmet Bo`zdag` boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar bermoqda O ...
16.10.2018 / 10:09
VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси якунланди
2018 йилнинг 8 октябрида бошланган VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси 14 октябрга қадар давом этди. Бугун Марказий кўргазмалар залида биенналенинг тантанали ёпилиш ҳамда ғолибларни тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. &ldquo ...
15.10.2018 / 09:57
Yulduz Turdiyeva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi
Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi. ...
09.10.2018 / 09:39
Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi
14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA. Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat.
15.10.2018 / 14:47
Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev o`z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so`zlab berdi. &ldquo ...
11.10.2018 / 20:34
Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi
5-oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish ...
08.10.2018 / 08:57