O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Imomali Rahmon O'zbekistonga qachon kelishi ma`lum bo'ldi

Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Tomonlar ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ijtimoiy va agrar sektorni rivojlantirish, energetika, sanoat sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Joriy yilning mart oyida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog'ida Dushanbe va Toshkent o'rtasida imzolangan bitimlarning bajarilishiga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning joriy yil kuzida O'zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tojikiston prezidentining O'zbekistonga bo'lajak tashrifi ikki mamlakatning barcha sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi.

Tomonlar bugun Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida kun tartibi, mintaqa mamlakatlari o'rtasida munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Tojikistonga borishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O&lsquo ...
06.08.2018 / 11:00
Shavkat Mirziyoyev Marokash Qirolini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami – Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
31.07.2018 / 09:53
Shavkat Mirziyoev Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisini Inqilob kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lumot uchun ...
23.07.2018 / 12:31
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen  ...
01.08.2018 / 09:24
Tashqi ishlar vaziri Oq uyda AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashington shahrida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo&lsquo ...
31.07.2018 / 09:52
Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi
2018 yil 17 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo`yicha departamenti boshlig`i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegasiyasni qabul qildi, deb xabar  ...
18.07.2018 / 09:12