O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi

2018 yil 3 iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O`zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirish, unga ko`p qirrali tus berishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar. Shu o`rinda turli darajalar va shakllardagi aloqalarni faollashtirish, xususan eng istiqbolli yo`nalishlarni aniqlash va e`tiborni ularga qaratish imkonini yaratadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o`tkazish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog`ida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizasiyasi markazi va O`zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish bo`yicha O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo`yicha hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Vazirlar tomonidan Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`lda hal qilish bo`yicha xalqaro konferensiyada 2018 yil 27 mart kuni qabul qilingan Toshkent deklarasiyasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Ushbu konferensiya ishida Qatar delegasiyasi ham ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid yangiliklar
XXR Raisi Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Maktub matni «O‘zA»da e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  ...
23.10.2018 / 14:21
Shavkat Mirziyoyev Amerika–O`zbekiston savdo palatasi delegasiyasini qabul qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 oktyabr kuni O`zbekistonda AQSh biznesi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – O ...
23.10.2018 / 14:18
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirdi
O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi prezidenti Ram Nath Kovindga, bosh vaziri Narendra Modiga va do`st Hindiston xalqiga Panjob shtatining Amritsar shahrida yuz bergan temir yo`l fojiasi oqibatida ko ...
23.10.2018 / 14:20
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10