O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan universitet rahbarlari ishdan bo`shatildi

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri va kimyo-texnologiya fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov 29 may kuni mazkur universitet kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta`lim yo`nalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o`zining “Shortanbay tangi” fermer xo`jaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida “Xabar.uz” saytida maqola e`lon qilingan.

“Mazkur holatni o`rganish natijasida aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov talabalarni yordam berish uchun fermer xo`jaligiga olib borganini va shu kunning o`zida soat 10:30larda fakultet dekanatining ko`rsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma`lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Vazirlik axborot xizmatining ma`lum qilishicha, kafedra mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazov 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
Putin tashrifi doirasida "Rektorlar forumi" o'tkaziladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O'zbekistonga tashrifi doirasida biznes sohasida 20 mlrd dollar atrofidagi bitim va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma`lum qildi.  Ta`kidlanishicha ...
15.10.2018 / 14:49
Prezident akademiyasining Samarqanddagi filialida o`qish boshlandi
Samarqand davlat universitetida 8 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiali ish boshladi, deb xabar bermoqda O`zA. – Bu erda Samarqand ...
09.10.2018 / 09:38
Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori​ Toshkentga keldi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xang Jung Suk boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, o ...
03.10.2018 / 09:46
O`zbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar to`lov-kontraktlari ham oshadi
O`zbekistonda 2018/2019-o`quv yilidan boshlab ilk marotaba OTMlarda to`lov-kontraktlar eng kam ish haqi miqdoriga bog`lab qo`yilgan. Bu esa eng kam ish haqi oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshishini anglatadi, deya ma`lum qiladi  ...
15.10.2018 / 14:46
OTMlarda kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirildi
O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta`lim muassasalarida kontraktni to`lash muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o ...
08.10.2018 / 08:53
“Bolalar kitobi” respublika festivali: Fotoreportaj
Fargʻonada “Sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlod – yurt kelajagi” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika anʼanaviy festivali boʻlib oʻtdi.          Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA
27.09.2018 / 09:19