O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Ayrim yo`nalishlar bo`yicha institutlarda o`qish muddati qisqartiriladi

Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagiPrezident qarori qabul qilindi.

Qarorning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat.

Alohida ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`qish muddati kamida uch yil bo`lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo`lgan magistratura joriy etiladi. Ya`ni ayrim yo`nalishlarda o`qish muddati qisqarmoqda. Ushbu yo`nalishlar qarorda ko`rsatilmagan, demak ushbu yo`nalishlar alohida hujjatlar bilan belgilab beriladi.

Masalan, 2018 yil 13 apreldagi Prezident qaroriga asosan 2020/2021-o`quv yilidan boshlab yuridik kollejlar bitiruvchilari Yuridik universitetga bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo`yicha kirishga haqli ekanligi belgilangan.

Yana bir yangilik, oliy ta`lim muassasalari (institut, universitet, akademiya va h.k.) bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz o`qishga qabul qilish mumkin. Bu oliy ta`lim muassasasini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yordam beradi.

Oliy ta`lim muassasalarida (institut, universitet, akademiya va h.k.) talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi qaytadan ko`rib chiqiladi. Unda asosiy e`tibor muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirok etmasligiga qaratiladi. Ya`ni, dars bergan pedagog talaba bilimini baholay olmaydi. Baholashni boshqa pedagog amalga oshiradi. Bu haqda tegishli nizom ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Talabaning o`zlashtirish darajasi – professor-o`qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanadi. Ya`ni, o`qitgan talabalari belgilangan imtihonlardan o`ta olmaydigan professor-o`qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo`lgan choralar ko`riladi. Bu haqda ham alohida hujjat ishlab chiqilishi kerak.

Oliy ta`lim muassasalarining (institut, universitet, akademiya va h.k.) professor-o`qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo`nalishlari bilan bog`liq bo`lmagan yig`ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlandi. Rahbarlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan shaxsiy javobgarligi to`g`risida qat`iy ogohlantirilmoqda.

Oliy ta`lim muassasalari (institut, universitet, akademiya va h.k.) da jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.

Oliy ta`lim muassasalari (institut, universitet, akademiya va h.k.) ga o`qituvchilikka ishga qabul qilishda yangicha tartib o`rnatildi.

Endilikda ishga qabul qilish, tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a`zolari ishtirokida sinov darsi o`tkazish natijalari bo`yicha amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini takomillashtirish bo`yicha tadbirlar belgilandi.

Xususan, ilg`or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo`lgan abiturientlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball beriladi. Ya`ni, kimdir kirish imtihonida IELTSning tegishli sertifikatini topshirsa unga masalan, ingliz tili bo`yicha olish mumkin bo`lgan maksimal ball avtomat ravishda beriladi. Bu haqda ham tegishli qaror qabul qilinishi lozim.

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor lavozimi o`rniga yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor lavozimi joriy etildi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmati shug`ullanadi.

Rektorlar faoliyati bo`yicha oliy ta`lim vaziri, tarkibida oliy o`quv yurti mavjud vazirlik idora rahbari Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot berib boradi. Hisobot natijasiga ko`ra tegishli rektorning lavozimga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasi ko`rib chiqiladi.

Har bir oliy ta`lim muassasasida yangi g`oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida “Yosh ekspertlar guruhi”ni tashkil etiladi.

Kafedralar uchun kadrlar tayyorlash tizimi bo`yicha ham o`zgarishlar bo`ladi. Xususan, har bir oliy ta`lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi (mazkur guruhlardagi talabalar soni institut tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ular alohida o`qitiladi va magistraturaga maqsadli qabul qilinadi. Aynan mana shu yo`l bilan oliy ta`lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish bo`yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Bu bo`yicha tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

Yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovasion g`oya va texnologiyalarni rivojlantirishga qo`shgan munosib hissasi uchun topshiriladigan “Innovasion g`oyalar etakchisi” ko`krak nishoni ta`sis etildi. U kimga va qaysi xizmatlari uchun topshirilishi alohida qaror bilan belgilanadi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va oliy ta`lim muassasalari faoliyati ochiqligini ta`minlash maqsadida matbuot bilan ishlovchialohida shtat birliklari tashkil etildi.

Yana bir muhim yangilik, abiturientlar hujjatlarini o`qishga kirish uchun elektron shaklda topshirish imkonini beradigan tizim yaratiladi. Ya`ni o`qishga kirish uchun hujjatlarni Toshkentga yoki viloyat markaziga kelib topshirish shart bo`lmaydi. Bu bo`yicha tegishli chora-tadbirlar dasturi 2019 yil 1 yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

Ma`lumot uchun: bu yildan boshlab Yuridik universitetga hujjatlarni topshirish uchun Toshkentga kelish shart emas. Hujjatlarni abiturient yashab turgan joydagi Davlat xizmatlari markazi orqali ham topshirsa bo`ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
1-sinfga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlarga aniqlik kiritildi
Xalq ta`limi vazirligi bolalarni umumta`lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan topshirilishi belgilangan hujjatlarni ma`lum qildi. Hujjatlar ro`yxati quyidagicha: - ota-onalar tomonidan umumta ...
14.06.2018 / 11:10
Toshkent viloyatida joriy yilda 228 MTM foydalanishga topshiriladi
Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan “Yo`l xaritasi”ga muvofiq, tuman va shaharlarda 164 nodavlat, 48 davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etish va 16 uy-bog`cha faoliyatini yo`lga qo ...
14.06.2018 / 11:08
Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan universitet rahbarlari ishdan bo`shatildi
Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri va kimyo-texnologiya fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi. ...
06.06.2018 / 10:50
Maxsus sirtqi bo`limlar qaerlarda tashkil etiladi?
Ta`lim sohasidagi qonunchilik bo`yicha o`tkazilgan onlayn muloqotda juda ko`plab savollar maxsus sirtqi bo`limlar uchun qabul qaysi ta`lim muassasalarida tashkil etilishi haqida bo`ldi. ...
14.06.2018 / 11:08
Oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qilindi
O`zbekiston musulmonlari idorasi o`z tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qiladi. O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, O ...
11.06.2018 / 15:18
Endi oliy ta`lim muassasalarida jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi
Barcha oliy ta`lim muassasalarida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta`lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o ...
06.06.2018 / 10:50