O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
May oyida O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 48 kishi qo‘lga olindi

O‘zbekiston chegara qo‘shinlari may oyida davlat chegarasini buzib o‘tgan va qiymati 372 million so‘mni tashkil etuvchi tovarlarni noqonuniy olib o‘tishga uringan 48 nafar qonunbuzarni qo‘lga oldi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari vakiliga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qozog‘iston bilan chegarada 25 nafar, Qirg‘iziston bilan chegarada — 16 nafar, Tojikiston — 4 nafar va Afg‘oniston bilan chegarada 3 nafar qonunbuzar qo‘lga olingan. Turkmaniston bilan chegarada esa may oyida hech qanday qonunbuzarlik qayd etilmagan.

May oyida qo‘lga olingan barcha tovarlar Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu tovarlarni asosan, dori vositalari, tamaki mahsulotlari, elektr lampalar, shuningdek, yirik shoxli chorva mollari tashkil etgan.

3-may kuni Farg‘ona tumanining chegara yaqinidagi Gulpiyon aholi punktida 197 million so‘mlik dori vositalarini olib o‘tishga uringanlar ushlangan.

9-may kuni chegarachilar Toshkent viloyatidagi O‘ratepa punkti orqali 50 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishini oldini olgan.

24-may kuni Namangan viloyatining Mamay Yangiqo‘rg‘on chegara punktida Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda yirik shoxli mollarni olib kirishning oldi olingan.

Chegara buzuvchilarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi doirasida chora ko‘rildi, ushlangan tovar-moddiy boyliklar davlat hisobiga o‘tkazildi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08