O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Germaniya nashri Ravshan Ermatov va o`zbek futboli haqida maqola e`lon qildi

“Shtern” jurnalining (Germaniya) internetdagi sahifasida o`zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov haqida maqola chop etildi, deb yozmoqda O`zA.

Unda O`zbekiston Milliy terma jamoasi xalqaro futbol maydonida hali katta yutuqlarga erishmagan bo`lsada mamlakatning 40 yoshli hakami mundialda ushbu yurt nomidan ishtirok etadi, deb yozadi. Yana qo`shimcha qilib Ravshan Ermatovning uchinchi bor Jahon Chempionatida ishtirok etishi ham ta`kidlab o`tiladi.

Sanoqli kunlardan so`ng boshlanadigan Jahon chempionatida garchi O`zbekiston terma jamoasi ishtirok etmasada o`zbekistonlik futbol muxlislarining kayfiyati ko`tarinki. Ular ushbu mundialni katta quvonch bilan qarshi olmoqdalar. Buning sababi, albatta, Ravshan Ermatov, deyiladi maqolada.

Ermatov Jahon Chempionatlarida ilk bor 2010 yil Janubiy Afrika maydonlarida bo`lib o`tgan mundialning final bosqichida qatnashdi va ushbu nufuzli turnirda eng ko`p o`yinni boshqarib, rekord natijaga erishganiga alohida to`xtalib o`tilgan.

Ermatov Osiyo Futbol Konfederasiyasiga bergan intervyusida shunday deydi: “Mazkur turnirda eng yosh hakam bo`lish va muxlislar roppa-rosa to`rt yil kutadigan o`yinni boshqarish, aql bovar qilmas voqelik edi. Go`yoki tush ko`rayotgandek edim, o`zimni chimchilab ko`rishim lozimdek edi, go`yo”

JARda o`z mahorati bilan katta taassurot qoldirgan yosh referi to`rt yildan so`ng Braziliyada bo`lib o`tgan Jahon chempionatini boshqarishga tanlab olinadi. Ravshan Ermatov Osiyoda allaqachon mashhur bo`lib ulgurgan, u Osiyo Futbol Konfederasiyasining besh karra eng yaxshi hakami sifatida tan olingan, deya ta`riflaydi “Shtern”.

Ravshan Ermatovnig futbolga kirib kelishi to`g`risida nemis jurnali yana shunday yozadi: U taqdir taqozosi bilan referi bo`lgan. Aslida Ravshan Ermatov futbolchi sifatida o`z karerasini qurmoqchi bo`lgan bo`lsada, jarohati uni orzusidan voz kechishga majbur etdi. O`sha paytlarda yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ishlagan otasi unga yordam berdi. “Bir kuni o`yinlarning biriga tayinlangan sudya kelmadi. Shunda otam qo`limga hushtakni tutib: - Qo`lingdan kelganicha o`yinni boshqar, dedi. Bu mening ilk hakamlik uchrashuvim edi.

O`zbekistonda Ravshan qisqa vaqt ichida shuhrat qozondi. Poytaxtdagi stadionlarda yoki ko`chalarda futbol ishqibozlari uni ko`rishlari bilan suratga tushish va dastxat olishga intilishadi. Yaqinda Toshkentning “Milliy” o`yingohida Ermatov o`yinni boshqarishi e`lon qilinganda muxlislar gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi. Bunday hollar tez-tez uchrab turadi.

Shunisi aniqki, Rossiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionatida ham ushbu yosh yulduz - hakamning har bir o`yinni boshqarishi u erda yashaydigan millionlab yurtdoshlarining olqishiga sabab bo`ladi. Ravshan Ermatov uchinchi marta jahon chempionatida ishtirok etayotgan bo`lsa-da, bunga erishish oson bo`lmadi. Ermatov brigadasining ushbu chempionatga chaqiruv olishi har galgidek mashaqqatli mehnat mahsulidir, deb yozadi nemis jurnali. “Bitta maqsad – Rossiyaga borish uchun har bir mashg`ulotda ko`p ter to`kishimizga to`g`ri keldi”, deydi Ermatov.

“Borussiya”ning sobiq murabbiyi P.Shtegerning bir gapi bor: Har bir hakam o`zining qo`pol xatosi bilan o`yin taqdirini hal qiluvchi yulduzga aylanishi uchun emas, balki o`yinchilarni to`g`ri yo`lga boshlovchi mayoq sifatida maydonga tushishi lozim. Ermatov uchun avvalambor futbol obro`sini saqlab qolish muhimdir. Agar hakam o`yinchilarni jarohatlardan himoya qila olsa, o`yin ruhiyatini ko`tarinki ruhda ushlasa, albatta, o`yinchilarning hurmatiga sazovor bo`ladi.

Uning Rossiyada ishtiroki bu so`nggisi emas, deb umid qilamiz. 2022 yilda Qatar mezbonlik qiladigan Jahon Chempionatida ham uning nomzodi qo`yilishidan ajablanmasa bo`ladi, deya ishonch bildirmoqda nemis nashri.

Mavzuga oid yangiliklar
Iroda To`laganova Farg`onadagi turnirda kortga chiqdi
Shu kunlarda Farg`ona shahrida tennis bo`yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi Olamsport nashri. Mukofot jamg ...
20.06.2018 / 14:32
O`zbekistonlik komissar Kosta Rika – Serbiya o`yiniga tayinlandi
Bugun, 14 iyun kuni Rossiya federasiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi. FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O`zbekistondan O`FA Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i o`rinbosari Olim Arifovni ham taklif qilgan. ...
14.06.2018 / 11:09
«Bunyodkor» stadioni nomi o`zgardi
Toshkentda joylashgan «Bunyodkor» futbol stadionining nomi o`zgartirildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda suratlar paydo bo`lgan. Tarmoq foydalanuvchilarining sahifasiga joylashtirilgan suratga ko`ra, bundan buyon arena «Milliy ...
04.06.2018 / 12:28
Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi
Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Jahon chempionatining ochilish marosimiga bir qator davlat rahbarlari tashrif buyuradi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham JChning ochilish marosimida ishtirok etadi. ...
14.06.2018 / 11:11
Adliya vaziri Basketbol federasiyasi raisi bo`ldi
O`zbekiston Milliy Olimpiada qo`mitasida navbatdagi majlis bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Basketbol Federasiyasiga yangi rais saylandi. Shu kunga qadar Basketbol federasiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Dusanov Zoxid Abdukayumovich, sog ...
04.06.2018 / 12:28
Prezident “Humo Arena” qurilishini borib ko'rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beshyog'och ko'chalari tutashgan joyda qurilayotgan ko'p tarmoqli sport saroyini borib ko'rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. ...
01.06.2018 / 17:03