O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Arab shayxi O`zbekistonga millardlab dollar sarmoya kiritmoqchi

Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — «Ajlan&Bros Group» yurtimizda o`nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

«Bizning «Ajlan&Bros Group» kompaniyamiz mavsumiy va kundalik liboslar ishlab chiqarishda hamda erkaklarga mo`ljallangan klassik kiyimlar tayyorlashda dunyodagi eng yirik korporasiyalardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda o`ndan ortiq mamlakatda o`z vakolatxonamiz bo`lib, ularda to`qqiz mingdan ziyod ish o`rni yaratilgan.

Evropa va Osiyoning ko`plab davlatlarida qator loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Shuningdek, dunyoning 25 mamlakatining birja bozorida o`z sarmoyamizga egamiz. Shu bois ham dunyoning ko`pgina davlatlarida bo`lganman. O`zbekistonga esa birinchi marta kelishim.

To`g`risini aytsam, mamlakatingiz menga juda yoqdi. Tabiati ajoyib, insonlari ham ochiqko`ngil, mehmondo`st ekan. Kelganimga uch kun bo`lgan bo`lsa, Samarqand, Buxoro, Andijon viloyatlarida bo`lib, hokimlar bilan uchrashdim. O`zbekistondagi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarni o`rganib, hamkorlik qilishga ahd qildim.

Ana shu hamkorlik doirasida kamida uchta loyihani amalga oshirishni istayman. Buning uchun dastlab, 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchiman. Biz paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarganimiz uchun, eng avvalo, 70 gektar maydonda paxta etishtirib, tizimda klaster qilmoqchimiz.

Xususan, yaqin oylarda 100 million dollar miqdoridagi investisiya kiritib, Buxoro, Andijon, Samarqand viloyatlarida paxta etishtirib, toladan mato, undan esa tayyor liboslar ishlab chiqaramiz. Bu loyihani bajarsak, yurtingizda etti mingta ish o`rni yaratiladi.

O`rganishlarim samarasida O`zbekistonning ulkan sayyohlik imkoniyati mavjudligini payqadim. Buxoro, Andijon va Toshkentda besh yulduzli mehmonxona qurishni dilimga tugdim. Hamkorlar ham topildi. Kelgusida bu mehmonxonalar dunyodagi sanoqli, mashhur mehmonxonalar kabi o`z brendiga ega bo`lishiga ishonaman.

Yurtingizda korxonalar uchun ko`plab imtiyozlar yaratilgani ham menga juda yoqdi. Misol uchun, «O`zbekipaksanoat» uyushmasiga borganimizda soha korxonalari 2023 yil 1 yanvargacha yagona soliq, yagona ijtimoiy to`lov va bojxona to`lovlaridan ozod qilinganini tushuntirishdi. Bu bizga ma`qul.

O`zbekistonda yiliga uch marta pilla etishtirilayotgani, ipak gilamalar to`qilayotgani, tut bargidan choy, pilla g`umbagidan kosmetik moy olinishi bularning hammasi shu qadar ajoyibki, tasanno aytasan. Avval ipakchilik sohasida ishlab ko`rmagan bo`lsak-da, bunday yangiliklardan hayratga tushdik. Ipakchilik istiqbolli soha ekan. Ana shunday yangiliklarni dunyoga tarqatish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda, albatta, o`z hissamizni qo`shmoqchimiz.

Hozirda uyushma vakillariga hamkorlik loyihasini taklif qildik. Ular rozi. Nasib bo`lsa, yil oxiriga bitta loyihani bo`lsada, amalga oshirib, O`zbekistonda yangi korxona taqdimotini o`tkazamiz», — deb aytgan kompaniya rahbari shayx Ajlan Bin Abdulaziz.
Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekiston Rossiyadan pul jo`natish bo`yicha MDHda yetakchi bo`lib turibdi
O`zbekiston Rossiyadan pul o`tkazmalari jo`natish bo`yicha MDH davlatlari ichida etakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya markaziy banki ma`lumotlarida qayd qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyadan O ...
20.06.2018 / 14:31
Davlat “Sharq” nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 24,6 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Spot Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo&lsquo ...
11.06.2018 / 15:23
Davlat soliq qo`mitasi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi
Fayzibaev Alimjan Elchievich Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi. Fayzibaevni yangi lavozimga tayinlash bo`yicha O ...
06.06.2018 / 10:51
Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish uchun 700 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar tarqatmoqda. Qayd qilinishicha, shaharda qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:15
Prezident videoselektor o`tkazdi: byudjet tushumlari va narx-navo masalasi muhokama qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjetga qo`shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish orqali narxlar barqarorligini ta`minlash ...
06.06.2018 / 10:51
Davlat soliq qo`mitasi raisining o`rinbosarlaridan biri boshqa ishga o`tkazildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Tursunov Normat To`lkunovich Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi. N ...
06.06.2018 / 10:50