O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Sherzod Shermatov chet elda o‘qigan yoshlar O‘zbekistonda ishga kirganidan keyin nega hafsalasi pir bo‘lgani sabablarini aytdi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida “Davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etish va ularning chet elga ketib qolishi oldini olish uchun nima qilish kerak?” degan masalani ko‘tardi.

“Umid” fondi bo‘yicha intervyu berishni so‘rashgan edi, intervyu sababli ushbu Fond orqali chet elda o‘qib qaytgan umidchilar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni eslashga to‘g‘ri keldi.

Chet elda ta’lim olgan ko‘pchilik yoshlar O‘zbekistonga qaytib kelgandan keyin turli xil sabablar tufayli davlat ishini tashlab, hatto chet elga qaytib ketib qolgan edi. Albatta, ularning orasida chet eldagi yangi ochilgan yaxshi imkoniyatlar mahliyo etib qolib ketganlari ham bo‘lgan, lekin aksariyati o‘qishni bitirib yaxshi niyat bilan O‘zbekistonning rivojiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida qaytgan», — deb yozadi Sherzod Shermatov.

Shermatov nega “umid”chilar davlat ishiga kirganidan keyin, ko‘pchiligining hafsalasi pir bo‘lib, bu ishni tashlab ketgani asosiy sabablarini sanab o‘tdi:

1. “Umid”chilar o‘qishni bitirib kelgach, aksariyat hollarda ular mutaxassisligi va xohishiga qarab emas, balki komissiyaning qaroriga qarab ish joylariga taqsimlangan. Masalan, Fond bozorida derivativlarni boshqarishni o‘qib kelgan mutaxassis viloyat hokimiyatiga jo‘natilgan. Derivativlar esa hatto hozirgi kungacha Toshkentdagi Fond birjasida ham joriy etilmaganligini inobatga olsak, bu “raspredeleniye” (taqsimlash)ning qanchalik xato ekanini tushunsa bo‘ladi.

2. Umidchi borgan ishxonasida oylik maosh pastligi, sharoit yo‘qligi esa oilani halol boqish uchun boshqa ishlarni izlashga undagan. Undan tashqari uni mutaxassis sifatida qabul qilmasdan, balki o‘ziga xavf sifatida ko‘radigan rahbarlarga duch kelgani esa eng katta salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bunday holatda uning rahbari imkoni boricha bu mutaxassisga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, uni boshqa xodimlar orasida kamsitib, topshiriqlarning muddatida bajarilishiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmasdan “podstavka” qilish darajasigacha borgan. Shuning uchun ham, bu kabi mas’uliyatsiz, ig‘vogar va yolg‘onchi “rahbar”lar tufayli boshida juda katta niyatlar bilan O‘zbekistonga qaytib kelib mamlakatimiz rivojiga chin dildan o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘pchilik umidchilarning umidi puchga chiqqan.

“Hozirgi kunda davlat ishida faoliyat yuritib kelayotgan va yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan umidchilarning aksariyatining omadi aynan u ishlayotgan joyida uni mutaxassis sifatida qadrlaydigan rahbarga uchragani tufaylidir. Bunday rahbarlar ularga qo‘shimcha sharoit ham yaratib bergan va imkoni boricha qo‘llab kelgan”, degan fikrni ilgari suradi vazir o‘rinbosari.

«Prezidentimiz tomonidan bugungi kunga kelib, malakali mutaxassislarning nafaqat chet elga chiqib ketishlarining oldini olish, balki chet elda yurgan hamyurtlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha vazifa belgilangan va bu yo‘nalishda qator davlat tashkilotlari ishlayotganini inobatga olib, ular aynan ushbu xatolarni qaytarmaslik choralarini belgilashlari zarur.

Bu yerda yana bir muhim omilni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Avvalgi “umidchilar” yangi bitirib kelgan, chet davlatda bor-yo‘g‘i o‘qishi davomida yashagan yoshlar bo‘lsa, bugun biz chet davlatlardan qaytishini istayotgan yurtdoshlarimiz bugunga kelib, chet davlatda nufuzli tashkilotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, uzoq yillar mobaynida yaxshi shart-sharoitlarda yashab, ishlab va yana katta daromad topayotgan tayyor kadrlardir. Tabiiyki ularga nisbatan muomala va e’tibor ham u ishlab kelgan davlatnikiga sal bo‘lsada mosroq bo‘lishi kerak.

Jumladan:

Malakali mutaxassislarni lavozimga tayinlayotganda uning qobiliyati va tajribasidan kelib chiqib ish tutish va unga tegishli sharoit yaratish;

Ishxonadagi rahbarlarining axloqiy to‘g‘riligi hamda qanchalik bu mutaxassis ushbu rahbar ostida yaratilgan muhitga mos kelishini oldindan tahlil qilish. Ahloqsiz, eskicha fikrlaydigan rahbarning qo‘l ostiga zamonaviy dunyoqarashga ega mutaxassisni tayinlab qo‘ysa, aksariyat holatda u bunday degradatsiyani istamasa ishini tashlab ketishga majbur bo‘ladi;

Lavozimga tayinlanganidan keyin ham ularning ushbu muhitga qanday moslashayotgani, ularning takliflari qanchalik hayotga joriy etilayotganini tizimli ravishda monitoring qilib borish. Agarda ushbu idorada uning rahbari qo‘l ostidagi yangi mutaxassislarga “qo‘lingdan hech narsa kelmaydi, chet elda o‘qidi yoki ishladi degani aqlli degani emas”, “ya nachalnik, ti durak” qabilida o‘zini tutadigan bo‘lsa, unday rahbarga tegishli choralar ko‘rish yoki darhol chet eldan kelgan mutaxassisni unday nosog‘lom muhitdan ajratib, jamiyatga kattaroq foydasi tegadigan joyga o‘tkazish zarur bo‘ladi.

Aks holda, Prezidentimiz tashabbusi bilan qanday mashaqqatlar bilan xorijdan taklif qilingan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga kelganidan pushaymon bo‘lib yana chet elga qaytib ketadigan bo‘lsa, ushbu siyosatning imijiga juda salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan “Umid” jamg‘armasidan ham umidlar katta edi, lekin joylardagi ijrochi “rahbarcha”larning mas’uliyatsizligi va ba’zi holatlarda haqiqiy zararkunandaligi tufayli, shuncha sarmoyalar evaziga shakllangan tayyor yuqori malakali kadrlar davlat xizmatini tashlab ketishlariga sabab bo‘lgan», — deb yozgan Sherzod Shermatov.

Vazir o‘rinbosarining fikricha, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, davlat va jamiyat boshqaruvida innovatsiyalarni joriy etish uchun eng asosiy omil aynan yuqori malakali kadrlarni jalb etish. O‘zini hurmat qilgan yuqori malakali kadr esa o‘z qadrini bilgani tufayli tushunmaydigan rahbar bilan uzoq muddat birga ishlay olmaydi. Natijada ushbu kadrni tayyorlash (yoki qaytarish) uchun sarflangan qanchadan-qancha sarmoya bekorga sarf bo‘lgan bo‘ladi.

“Nima, chet elda o‘qigan bo‘lsa shoxi bormi, nega ularga alohida e’tibor qaratish kerak ekan?” — deyilishi ham mumkin. Lekin hozirgi globallashuv davrida chet el diplomiga va ish tajribasiga ega odam istalgan davlatda yuqori maoshli yaxshi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega va shuning uchun unday mutaxassisga alohida e’tibor qaratishga majburmiz. Yetarli malakasiz hamda faqat “xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin” yoki “ikki karra ikki siz aytgan son bo‘ladi” deb, o‘zining fikriga ega bo‘lmagan “mutaxassis”lar bilan mamlakatimiz rivoji bo‘yicha qo‘yilayotgan yuqori marralarga erishishning imkoni yo‘q», — deya qo‘shimcha qilgan Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.

Mavzuga oid yangiliklar
24 oktyabr kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 24-26 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog ...
23.10.2018 / 15:31
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekiston yoshlar ittifoqi eng faol va tashabbuskor yoshlarni mukofotlaydi
O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti yil davomida davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan, vatanparvar yoshlarni rag`batlantirib borish maqsadida ta ...
23.10.2018 / 14:18
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12