O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Navoiyda tarixiy yodgorlik qayta ta’mirlandi

Karmanadagi “Qosim Shayx” tarixiy-yodgorlik majmuasi istiqlolning dastlabki yillarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari tufayli qadim-qaddini tikladi.

Biroq tagzaminning sho‘rlanishi va zax suvlar sathining ko‘tarilishi oradan bir-ikki yil o‘tmasdanoq ko‘zga tashlanardi. Shu bois bunyodkorlik ishlariga bu safar majmua qurilish tarixini chuqur o‘rgangan holda kirishildi. Misol uchun o‘tgan safargi rekonstruksiya tadbirlarida majmua hovlisi sathi va yo‘laklar sement bruschalar bilan qoplangan edi. Bu namlik bug‘lanib ketishiga halal bergan. Shu sabab “Minor Millenum” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan sement bruschalar pishgan g‘ishtlarga almashtirildi. Shuningdek, zax qochirish maqsadida hovlida kvadrat shaklidagi chuqurligi to‘rt metrlik hovuz barpo etildi. Unga to‘plangan suv majuma yonidan o‘tadigan Arg‘un arig‘iga chiqarib yuborilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri Temur Eshboyev xabar berdi.

Majmuadagi restavratsiya va bunyodkorlik ishlarini asosan “Sardoba Malik Rabot” xususiy korxonasi mutaxassislari olib borishdi. Mazkur korxona quruvchilari yurtimizning Shahrisabz, Samarqand, Nurota, Qo‘qon kabi shaharlarida qator tarixiy-me’moriy obidalarni ta’mirlab, anchagina tajribaga ega bo‘lishgan.

Majmua moviy gumbazining koshinlarini to‘liq yangilab, atrofidagi imoratlar tomini ta’mirlandi. Masjid poydevori atrofidagi ortiqcha tuproq qatlami olib tashlandi. Bu suvning maxsus ariqchalar orqali majmua hovlisidan chiqib ketishini ta’minlaydi. Shuning barobarida majmua poydevorining bir necha joyda mustahkamlash ishlarini amalga oshirdik. Ansambl imoratlaridagi barcha yaroqsiz g‘ishtlar almashtirildi.

Shuningdek, Karmanada yana ikki muqaddas qadamjo, “Xo‘ja Xisrav” va “Mirsaid Bahrom” me’moriy obidalari ham qayta ta’mirlanib, ayni shu muborak kunlarda foydalanishga topshirildi. Mazkur yumushlarga Respublika Madaniyat vazirligi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh bosh-qarmasining 3 milliard so‘m hamda homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
11 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g ...
10.08.2018 / 17:40
Qashqadaryoda sayyor qabul: 3 ta masala joyida hal etildi
2018 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari O‘ktam Xamrayev ishtirokida Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda matbaa korxonalari, axborot ...
10.08.2018 / 17:33
Shavkat Mirziyoyev yangi ko`prikni ochib berdi (foto)
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Bunyodkor ko`chasida yangi qurib bitkazilgan ko`prikni kelib ko`rdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lumki, Bunyodkor ko ...
10.08.2018 / 17:32
Prezident Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi
Tumanning Oqlon mahallasida bo`sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu erda to`qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim ...
10.08.2018 / 17:37
Shavkat Mirziyoyev yozuvchilar uyiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, «Kamolon» mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi. Davlatimiz tomonidan ijodkorlarni qo`llab ...
10.08.2018 / 17:32
Toshkentdan Vladivostokka muntazam aviaqatnovlar joriy etiladi
“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 15 sentyabrdan boshlab, haftasiga bir marta “Toshkent-Vladivostok-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlarini joriy etadi ...
10.08.2018 / 17:30