O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Mintaqamiz yoshlari fikr almashadigan hudud yaratilganidan xursandmiz”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi o‘z ishini Samarqand shahrida davom ettirmoqda. Qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar hamda forumning yurtimizdagi ishtirokchilarini Samarqand shahri o‘ziga xos mehmondo‘stlik bilan kutib oldi.

Avvaliga shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan mehmonlar keyin Forumning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqand viloyat hokimiyati binosiga yig‘ilishdi.

Фото O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистана.

Tadbir qardosh xalqlar urf-odatlari, tabiat manzaralari va me’moriy yodgorliklari lavhalaridan tayyorlangan videorolik bilan boshlandi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Raisi Qahramon Quronboyev ushbu Forum mintaqa yoshlarini birlashtiradigan, loyihalar, g‘oyalarni muhokama qiladigan, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘riladigan hudud bo‘lishi kutilayotgani haqida gapirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Qozog‘istonning “Jas Otan” yoshlar qanoti va “Nur Otan” partiyasi raisi Daniyar SundetbayevMarkaziy Osiyo yoshlarini birlashtirish uchun xuddi shunday platforma yetishmayotgani va ushbu Forum ayni muddao bo‘lganini ta’kidladi.

Фото O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистана.

– Yoshlar forumlari Markaziy Osiyoning birlashib harakatlanishi hamda rivojlanishi uchun eng qulay vosita bo‘ladi deb hisoblayman. Bugungi kunda mamlakatlarimiz rivojlanishi uchun biz birlashib harakatlanishimiz kerak. Qo‘shnichilik munosabatlari har tomonlama yaxshi rivojlansagina mintaqamizda ham iqtisodiy, ham madaniy, ham ma’rifiy jihatdan rivojlanish bo‘ladi, – dedi o‘z nutqida Daniyar Sundetbayev va Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi tashkilotchilariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Фото O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистана.

Ochilish marosimida Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurgan vakillar ham so‘zga chiqishdi va mintaqa yoshlarini birlashtiruvchi Forum tashkil etilganidan, qo‘shni davlatlar yoshlari bir-birlari bilan bemalol muloqot qilishi va fikr almashishi uchun sharoit yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Фото O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистана.

Forum o‘z ishida davom etadi. Jarayon va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishtirib boramiz.
Eslatib o‘tamiz, Forum 26-30 iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Erkinjon Turdimov Telegram orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram messenjeri ishga tushdi. Bu haqda hokimlikning axborot xizmati xabar qiladi. Mazkur messenjer xalq bilan bevosita muloqot o`rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to`g`risida aniq ma ...
20.07.2018 / 13:24
O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o`tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta`minlaydi
Joriy yilning 19 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tashabbusi bilan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O`zbekistonda qonuniy yo`lga qo`yishga bag ...
20.07.2018 / 13:23
Bosh prokuratura: 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibida O'zbekiston Respublikasi prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilib, boshqarma tomonidan Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. ...
20.07.2018 / 13:16
Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o`rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. ...
20.07.2018 / 13:23
Akmal Saidov: «Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsman lavozimini joriy etish kerak»
Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov 19 iyul kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va  BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O ...
20.07.2018 / 13:19
Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi
2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Xitoy Xalk Respublikasining Uzbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. ...
19.07.2018 / 09:53