O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga ko‘ra, “Mehnat shuhrati” ordenti bilan mukofotlandi.

Yuksak mukofot mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdim etildi.

Firdavs 2003 yil O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisligiga saylandi.

U shuningdek, Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda tasvirga olingan “O‘zbekiston: qumliklar javohiri”, “Qoraqalpog‘iston: vaqt qumliklari aro”, “O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar” kabi 20dan ortiq teleloyihalar va hujjatli filmlar muallif-prodyuseri, 30dan ortiq, xususan, noyob tadqiqotlar samarasi hisoblangan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” (13 jild), “Mustaqil O‘zbekiston hunarmandlari”, Registon maydonidagi “O‘zbekiston madaniy merosi – umumbashariyat mulki” 3D formatidagi musiqa-chiroq namoyishi kabi milliy media-loyihalar rahbari.

Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab 400dan ortiq olimlarni birlashtirib turgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” eksklyuziv xalqaro multimedia loyihasi muallifi va rahbari hisoblanadi. Loyiha doirasida shu kungacha 15 ta kitob-albom chop etilgan va 20dan ortiq hujjatli filmlar tayyorlangan. 2018 yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi xalqaro kongressda 30dan ortiq davlatlar olimlarining umumiy ovozi bilan Firdavs Abduxoliqov Butunjahon O‘zbekiston Madaniy merosi hamjamiyati boshqaruvi raisi etib saylandi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda xalqaro media-konferensiya, Yoshlar media-forumi hamda “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an'anaviy media-festivali bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 21 noyabr kuni “NAESMI Media Hall” (“Zarafshon” konsert zali)da O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashkil etilganligining 15 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar o ...
20.11.2018 / 12:01
“Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsonalar” rossiyalik kinematograflar talqinida
“Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston haqidagi 4 qismli hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi. “Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O ...
26.10.2018 / 14:46
“Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot”
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini targ`ib qilish, mamlakatimizda mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar hayotini keng yoritish, ularning qiziqishlari, yutuq va muammolari haqida rang-barang media ...
11.10.2018 / 20:33
VVS telekanali mutaxassislari jurnalistlar bilan tajriba almashishmoqda
O`zEOAVMA tizimidagi nodavlat teleradiostansiyalar, xususan, "Zamon" axborot-tahliliy dasturi ijodkorlari ham media soxasi bo`yicha doimiy ravishda xalqaro tajribani o`rganib kelishadi.  Ayni kunlarda katta tajribaga eka bo ...
08.11.2018 / 11:07
Mashhurlar qo`sha qarish sirlari haqida o`z fikrlarini bildirishdi
San`atdan baxtini topgan mashhurlar bugun “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” studiyasida mehmon bo`lishadi. Ular o`z hayotlari haqida nimalarni gapirib berishadi? Nigora: “Bizning to`yimizda hech qanday tog ...
25.10.2018 / 10:43
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32