O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Senatda Tashqi ishlar vazirining hisoboti tinglandi

Oliy Majlis Senatining o`n beshinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo`yicha faoliyati to`g`risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ushbu masala yuzasidan ma`ruza qilgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yilning birinchi yarim yilligida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro maydonda mamlakat milliy manfaatlarini ifoda etishga qaratilgan izchil ish olib borilganini ta`kidladi.

Bu jarayonda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishga alohida e`tibor qaratildi.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida mamlakatimiz tovarlari eksportini rivojlantirishda AQSh, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Belgiya, Bangladesh, Hindiston, Italiya, Malayziya, Latviya, Xitoy, Koreya, Chexiya, Tailand va BAAda tashkil etilgan xalqaro ko`rgazmalarda ishtirok etishda mamlakatimiz kompaniyalari va korxonalariga ko`mak berildi. Ularning yakunlari bo`yicha umumiy summasi qariyb 83,5 million dollarlik savdo shartnomalari imzolandi.

Xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasida 2018 yilning yanvar-may oylarida xorijiy tashriflar va muloqotlar natijasida qiymati 17 milliard dollarlik 182 istiqbolli loyihalarni amalga oshirish to`g`risida dastlabki kelishuvga erishildi. Joriy yil 1 iyun holatiga ko`ra diplomatik missiyalar tomonidan umumiy summasi 10,543 milliard dollarlik turli investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ishlab chiqildi.

Muhokama chog`ida TIV oldiga qo`yilgan vazifalarni samaraliroq amalga oshirish borasida qator muammolar mavjudligi qayd etildi.

Xususan, TIV va diplomatik vakolatxonalar vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimiz tovarlari eksportini amalga oshirish, investisiyalar va turistlarni jalb qilish masalalari yuzasidan o`z takliflarining sohaga ixtisoslashgan idoralar va viloyat hokimliklari tomonidan uzoq vaqtda ko`rib chiqilishi bilan bog`liq muammoga hali ham duch kelmoqda.

Muhokama chog`ida senatorlar Tashqi ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo`yicha tavsiyalar bildirdi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018 yil 24 avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ...
23.08.2018 / 10:46
Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni rasmiy kutob olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo&rdquo ...
17.08.2018 / 11:38
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O&lsquo ...
06.08.2018 / 11:00
O`zbekiston delegasiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Fransiyadagi O ...
23.08.2018 / 10:36
Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. ...
17.08.2018 / 10:12
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen  ...
01.08.2018 / 09:24