O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev: obod mahallada obod ko‘ngil bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, “Ibrohim ota” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu mahallada 19 ta ikki qavatli va 4 ta to‘rt qavatli uy joylashgan. Ular 1960-yillarda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.

Shu kabi mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida kuni kecha “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi. “Ibrohim ota” mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan. Unga muvofiq, barcha ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va yo‘laklar ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilmoqda.

Shuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi o‘zgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar o‘z uyida sezishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari mazkur mahalla faollari va aholi bilan suhbatlashdi. Aholini ish bilan ta’minlash, shaharu qishloqlarni obod qilish, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limini rivojlantirish, yoshlarni yetuk insonlar etib tarbiyalash borasidagi islohotlar mohiyati haqida muloqot bo‘ldi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va “Yoshlar - kelajagimiz” dasturlari aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga zamin bo‘lishi ta’kidlandi.

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15
Jahon banki vitse-prezidenti O'zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berdi
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga intervyu berdi. Unda dunyoning nufuzli moliyaviy tashkiloti bilan O'zbekiston o ...
16.07.2018 / 08:31
O‘zbekistonda yagona investitsiya portali yaratiladi
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi va unda investorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Natijada ular o‘z yurtlaridan turib ham O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora ...
19.07.2018 / 09:49
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif dasturidan O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Ishchi guruh yoshlar bazasini shakllantirmoqda
«Yoshlar –kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgan ...
12.07.2018 / 18:06