O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
O`zbekistonlik o`quvchilar matematika bo`yicha xalqaro musobaqada g`alaba qozondilar

Shu yilning 1-6 iyul kunlari Bolgariyaning Burgas shahrida o`tkazilgan maktab o`quvchilari o`rtasidagi matematika bo`yicha xalqaro musobaqada vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda o`tgan yillar davomida ta`lim tizimi tubdan isloh qilinib, o`qitish jarayoniga ilg`or metod va usullar, yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq qilindi. Dars va mashg`ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotgani esa o`g`il-qizlarimizning fanlarga qiziqishini oshirmoqda. Pirovardida, ta`lim sifat va samaradorligi yuksalib, ularning nufuzli ko`rik-tanlov hamda intellektual musobaqalarda zafar quchishiga zamin yaratmoqda. O`quvchilarimizning Bolgariyada erishgan g`alabasi ham tizimdagi islohotlarning amaliy samarasidir.

Maktab o`quvchilarining Xalqaro matematika musobaqasi («International Mathematics Competition») dunyoning iqtidorli o`quvchilari uchun eng katta va muhim forum hisoblanib, unda ishtirok etish har bir mamlakat uchun sharafdir.

Mazkur nufuzli musobaqada beshinchi marta ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi shu yili musobaqada ishtiroki tarixida ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko`p medalni olishga muvaffaq bo`ldi.

Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi 1-IDUMning 8-sinf o`quvchisi Doniyor Ismoilov oltin medalni qo`lga kiritdi. Ushbu maktabning 7-sinf o`quvchisi Rajabboev Lazizbek va Peshko` tumanidagi 18-maktabning 9-sinf o`quvchisi Norboev Jahongirlar – kumush medal, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 7-sinf o`quvchisi Buriev Iskandar, Uchtepa tumanidagi 4-maktabning 7-sinf o`quvchisi Madjidov Mukhammadrizolar bronza medalga sazovor bo`lishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Sherzod Shermatov: «Endi barcha davlat idoralari o'qituvchilarga xalaqit qilishi emas, yordam berishi kerak»
Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Shavkat Mirziyoyev tomonidan 17 iyul kuni o'tkazilgan yig'ilishni «xalq ta`limi sohasida inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ladigan tarixiy voqea» deb atadi. U o'z Facebook  ...
20.07.2018 / 13:20
O'zbekistonda o'qituvchining maoshi o'rtacha oylik ish haqining 79 foizini tashkil etadi
Bugungi kunda O'zbekistondagi 9,7 ming maktabda 5,2 million o'quvchi ta`lim oladi, o'quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi.  O'zA’ning yozishicha, parlament quyi palatasining Fan, ta`lim ...
20.07.2018 / 13:17
O‘zbekistonda ilk marta OTMlarning reytingi e’lon qilindi
O‘zbekistonda ilk bor oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi. Manbada qayd qilinishicha ...
19.07.2018 / 09:54
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi.  «Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga katta e ...
20.07.2018 / 13:17
Prezident Ulug'bek shaharchasini kengaytirish bo'yicha topshiriqlar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. «Energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko'paytirish ...
20.07.2018 / 13:15
Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
2018/2019 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida yuqori sinf o`quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta`riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situasion xonalar ...
19.07.2018 / 09:52