O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Vazirlar Mahkamasida 3ta departament tugatildi, 2 oy ichida tarkibiy bo'linmalar xodimlari attestatsiyadan o'tkaziladi

Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilingan.

Qarorga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining apparatining asosiy yo'nalish va vazifalari belgilandi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti va Ta`lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tugatildi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta`minlash masalalari bo'limi tashkil qilindi va Bosh vazir apparatining, Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining tegishli shtat birliklari ushbu bo'lim tuzilmasiga o'tkazildi;

Elektron hukumat telekommunnkatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Ta`lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilindi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini optimallashtirish maqsadida boshqaruv xodimlari soni 44 nafarga qisqartiriladi; 

Vazirlar Mahkamasi apparatining ma`lum ilmiy darajalarga ega xodimlariga lavozim maoshining 30-35 foizi miqdorida oylik ustama to'lanadi; 

ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo'linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestatsiyadan o'tkaziladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O'zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi
Rossiya prezidenti kelgusi hafta O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Muzokaralar yakuni bo'yicha muhim hujjatlar to'plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi. «Umid qilamanki, kelgusi hafta Toshkentga davlat tashrifi chog ...
15.10.2018 / 14:49
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ...
16.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboev bilan telefonda muloqot qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. ...
12.10.2018 / 10:37