O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
O`zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolari halqaro ko`rgazmada yuqori baholandi

Janubiy Koreyada XI Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko`rgazmasi (KIWIE 2018) bo`lib o`tdi. Koreya ixtirochi ayollari assosiasiyasi (KWIA), Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda jahonning 30 dan ziyod davlatdan 518 nafar ixtirochi xotin-qiz qatnashdi.

Ko`rgazmada o`zbekistonlik ixtirochi ayollardan professor Karima Norqulovaning “Bolg`achali tegirmon” nomli foydali modeliga patenti oziq-ovqat sanoati yo`nalishi bo`yicha “Grand Prize”ni qo`lga kiritdi. Shuningdek, K. Norqulovaning “Quritish qurilmasi” ixtirosiga patenti oltin, “Tugunaklarni quritish usuli” ixtirosiga patenti kumush medalga munosib ko`rildi.

Doktor PhD Malohat Ilhomovaning “Bolalar poyabzali uchun profilaktik ich patak” nomli foydali modeliga hamda “Elektr o`tkazuvchan poyabzal” ixtirosiga patenti kumush, “Qiz bolalar uchun tufli” sanoat namunasiga patenti esa bronza medalni, professor Paraxat Matyakubovaning “Sochiluvchan moddalarning issiqlik nam o`lchagichi” ixtirosiga patenti kumush medalga loyiq ko`rildi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi Innovasiya va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`limi boshlig`i, professor K. T. Norqulova mamlakatimizda xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar, ixtirochi xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqaro ko`rgazma va forum ishtirokchilari oldida ma`ruza qildi.

Ko`rgazma doirasida xalqaro forum o`tkazib, intellektual mulk sohasidagi lider ayollar akademiyasi o`quv kurslari tashkil qilindi. O`zbekiston delegasiyasi a`zolari mazkur o`quv kurslarida ishtirok etib, ixtirolarni amaliyotga joriy qilish va tijoratini yo`lga qo`yish bo`yicha o`z malakalarini oshirib, sertifikatlarga ega bo`lishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ...
01.08.2018 / 09:48
Moliya vazirligi: GM Uzbekistan avtomobillari narxini davlat belgilamaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxini oshganligi munosabati bilan bog‘liq turli muhokamalar munosabati sabab Moliya vazirligi bu borada bayonot berdi. ...
01.08.2018 / 09:25
Qashqadaryo viloyatidagi 26400 gektar paxta maydonida o‘rgamchakkana tarqalishi mumkin
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili hosilning 30 foizi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti axborotiga qaraganda, 34,9 foizi aynan zararkunandalar hamda turli kasalliklar sabab qo‘ldan boy berilmoqda ...
01.08.2018 / 09:25
O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi oy deflyatsiya holati kuzatildi, inflyatsiya darajasi pasaydi
2018 yilning iyul oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2018 yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlaridarajasi o‘rtacha 0,3 %ga pasaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi &ldquo ...
01.08.2018 / 09:26
Samarqand, Qarshi va Buxoroga boradigan Afrosiyob poyezdi chipta narxlari keskin oshirildi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati “Xalq so‘zi Online&ldquo ...
01.08.2018 / 09:25
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15