O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasi barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni mamlakatimizda atom elektr energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi. Bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va ko‘mirni yoqish orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi.

Kelgusida iqtisodiyot o‘sishi, aholi soni va turmush darajasi oshishi evaziga elektr energiyasiga bo‘lgan talab yanada ortadi.

“Bu sohada faqat tabiiy gaz va ko‘mirdan foydalanishni davom ettiraversak, ularning mavjud zaxirasi ma’lum vaqtdan keyin tugab qolishi mumkin. Bu esa kelajak avlod oldida kechirib bo‘lmaydigan xato va jinoyat bo‘ladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois mamlakatimizda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasini barpo etishga kirishildi. Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Atom energiyasi ekologik toza ham. Bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi.

Yig‘ilishda atom elektr stansiyasini qurish, undan foydalanish, xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik va amaliy ishlar muhokama qilindi.

Prezidentimiz shunday obyektlarni qurish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ish tutish, atom elektr stansiyasini joylashtirish bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish va geologik-qidiruv ishlarini sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mamlakatimizda yangi bo‘lgan ushbu sohaga doir normativ-huquqiy baza yaratish, “Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun va tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish, ularning MAGATE talablari va xalqaro hujjatlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

“Bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtirish, hujjatlarni tayyorlash, loyihalashtirish ishlari va muzokaralar olib borish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi tashkilot tuzish kerak. Shu bilan birga, ushbu tashkilot huzurida atom elektr stansiyasini qurish direksiyasini ham tuzish zarur. Keyinchalik ushbu direksiya atom elektr stansiyasining operatori bo‘lib qoladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Ma’lumki, atom elektr stansiyasini qurish va undan foydalanishda eng zamonaviy va murakkab texnologiyalar qo‘llaniladi. Buning uchun esa yuqori saviyali va chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar kerak. Shu bois Toshkentda fizika sohasida dunyoda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Moskvaning muhandislik-fizika institutining filialini ochish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, fizika va texnika yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarini bitirgan salohiyatli kadrlarni tanlab olib, ularni Moskva va Minskka o‘qishga hamda atom elektr stansiyalarida tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilishda har bir bosqichdagi ishlarni puxta ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi. Ibatov Baxtiyor Kenjaevich tuman hokimi etib tasdiqlandi. ...
12.11.2018 / 09:19
«Hukumat soati»: Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar e`tiborida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida tarkib topgan yangi an`anaga ko`ra, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida»gi hamda «Parlament nazorati to`g`risida»gi O ...
08.11.2018 / 11:09
Turizm qo`mitasiga rahbar tayinlandi
Abdulaziz Oqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi. Abdulaziz Oqqulov 2018 yilning 22 may kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo ...
08.11.2018 / 11:07
Xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi
12 noyabr kuni «Konservasiya, restavrasiya va tiklash ishlarining dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot» mavzusiga bag`ishlangan xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada xitoylik mutaxassislar tomonidan madaniy meros ob ...
12.11.2018 / 09:18
"Yoshlar oromgohi"da hududiy etakchilar uchun o`quv-seminari bo`lib o`tmoqda
Joriy yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim oluvchi hududiy etakchilar Kengashi a`zolari uchun o ...
08.11.2018 / 11:07
Davlat granti ajratish boʻyicha qoʻshimcha 8 -tanlov eʼlon qilindi
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini yuksaltirish” mavzusida davlat granti qoʻshimcha tanlovini EʼLON QILADI ...
07.11.2018 / 09:35