O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Milliy kutubxona 14,6 mln. AQSH dollariga teng loyihani amalga oshirmoqda

Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada elektron kutubxona sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Delegatsiya a’zolari 12 iyul kuni Seulda joylashgan, 6,5 million (shundan 844 mingtasi xorijiy nashrlar) bosma va elektron kitob fondiga ega Koreya milliy kutubxonasi hamda Yonsey universitetining Markaziy kutubxonasi faoliyati, u yerda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni L.Tangriyev va Janubiy Koreya milliy kutubxonasining Elektron kutubxonasi direktori Hyung Ho Lee o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida L.Tangriyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bugungi kunda amaliyotga samarali tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida respublikani har tomonlama rivojlantirish maqsadida turli yo‘nalishlarda keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kutubxonalarning nafaqat kitob fondini, balki ularning moddiy-texnik bazasini ham zamonaviy texnik-uskunalar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuvda Koreya Respublikasining Eksimbank muassasisi tomonidan 14,6 mln. AQSH dollariga moliyalashtirilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida amalga oshirilayotgan “Milliy umuta’lim kutubxona” loyihasi mazkur davlatning elektron kutubxona tajribasi asosida yaratilayotgani, bu borada koreyalik mutaxassislarning ko‘magini alohida ta’kidlab, “Koreyaga nigoh” loyihasini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashishni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini bildirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Qoraqalpog`iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 41 foizga yetdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida Nukus shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda Qoraqalpog`iston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Investisiya muhiti yaxshilangani, zarur shart ...
16.11.2018 / 17:38
17 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog ...
16.11.2018 / 17:36
Ahror Ahmedov: Kitob sifati uchun muharrir muallif bilan bir xilda masʼul
- Kitobni nashr qilishda oxirgi paytda eng katta masʼuliyat muallifga tashlab qoʻyilmoqda, aslida bu notoʻgʻri – deydi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh muharriri. &ndash ...
16.11.2018 / 17:35
Omonulla Madayev: “Kitobxonlikni avvalo oʻqituvchilardan boshlash kerak”
2018 yilning 16 noyabr kuni Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan oʻtkazilgan “Noshirlik ishi: kitobxonlarning badiiy-uslubiy saviyasi, kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalarʼ ...
16.11.2018 / 17:37
Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollar kitobi bo`yicha holatga oydinlik kiritdi
Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollari kitobi bilan bog`liq vaziyat haqida ma`lumot berdi. To`plangan hujjatlarga ko`ra, Samarqand sport o`yini turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va sport maktabida 2018-2019 o ...
16.11.2018 / 17:36
Navoiy viloyatida 47 nafar mahkum Jazoni ijro etish mahkamasidan ozod etildi
Oliy Sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining mas`ul rahbarlaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatida sayyor qabul va sud jarayonlari o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri. ...
16.11.2018 / 17:34