O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist, Germaniya telekompaniyalari FederalAssotsiatsiyasi Prezidenti Rene Falkner trenerligida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish bo‘yicha monitoring o‘tkazishda OAVning roli” mavzuida seminar o‘tkazilmoqda.

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 2018 yil 5 maydagi UP-5434 sonli Qarori 1-ilovasidagi Tadbirlar dasturining 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Ikki kun davom etadigan seminar hamkorlari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va AAni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisoblanadi.

Seminarda davlat tashkilotlari matbuot xizmati xodimlari bilan bir qatorda, nodavlat teleradiostansiyalar ijodiy va texnik xodimlari ham qatnashib, inson xuquqlarinining himoya qilinishi va shunga doir mavzularda informatsion-tahliliy materiallar tayyorlashdagi malakalarini oshiradilar. Bundan tashqari teleradiostansiyalar va matbuot xizmatlari xodimlarining bir media maydonchada yig‘ilishi ularga o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatini ham yaratib beradi.

Seminar-trening ishtirokchilari O‘zEOAVMA Axborot markazi hamda “Sevimli” telekanali tomonidan tayyorlanadigan “Zamon” axborot-tahliliy dasturini ko‘rikdan o‘tkazib, dasturning umumiy tayyorlanishi hamda unda inson huquqlarini himoya qilish mavzusidagi materiallarning joylashtirilishi bo‘yicha fikr-mulohazalar almashishadi. Shuningdek, fuqarolar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotda bo‘lish, inson huquqlarining buzilish holatlari bo‘yicha tahliliy-tanqidiy materiallarni tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini ham ko‘rib chiqishadi. Qatnashchilar ikki kun davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmasda amaliy yo‘nalishda ham ish olib borishadi. Ya’ni, mavzuga oid telereportajlar tayyorlashadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28