O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Deputat o`zbek kinosanoatini tanqid qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jalilova o`zbek kinosanoatidagi muammolar haqida o`z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda «O`zA».

— Keyingi yillarda olingan ayrim kinolarning boshlanishi bilan uning qanday yakun topishi, hatto, qahramonlarining qanday xatti-harakat qilishi-yu hayot yo`llari, umuman, asar syujetini oldindan taxmin qilib bilib olish mumkin, — deydi deputat. — Ishlab chiqarilayotgan kino mahsulotlarining mafkuraviy-badiiy darajasining pastligi, ssenariynavislik, rejissyorlik va aktyorlik ishlarining lozim darajada sifatli emasligi, yoshlar uchun ma`naviy namuna bo`lib xizmat qiladigan badiiy obrazlarning ko`pincha mavjud emasligi yosh avlodni jasorat va qat`iyatlilik ruhida tarbiyalash, «ommaviy madaniyat»ga yot unsurlariga qarshi kurashish kabi milliy kinematografiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirish imkonini bermayapti. Bu, albatta, sohaning taraqqiy etishiga va kino bozorida raqobatbardoshligini oshirishga g`ov bo`ladigan asosiy to`siqlardir.

«Bu kabi omillar o`zbek kinosi saviyasining tobora tushib borishi, jahon kino bozoridagi past mavqeyida yaqqol aks etib, o`zbek brendining dunyoga tanilishida to`siq bo`lmoqda», - deya qayd etgan Dilfuza Jalilova.

Mavzuga oid yangiliklar
Simara Imanova: O`zbekiston tufayli dunyoga tanildim
Maqom ijrochisi, xushovoz xonanda Simara Imanova bilan Ozarbayjon madaniyat va san`at universitetida uchrashdik. U bizning O`zbekistondan ekanligimizni eshitgach, hayajon va samimiyat bilan shunday dedi: “Yurtingiz men uchun o ...
17.08.2018 / 10:40
Abdulla Qodiriy bog`i zamonaviy parkka, turizm maskaniga aylantiriladi
Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`iga tashrif buyurib, bog`ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari bog ...
10.08.2018 / 17:43
“O‘zbekkonsert” Ziyodaga unvoniga mos qo‘shiqlar kuylashini uqtirdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert&rdquo ...
01.08.2018 / 09:29
Xalqaro maqom san`ati anjumanida 300ga yaqin xorijlik ishtirok etadi
2018 yil 16 avgust kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “I Xalqaro maqom san`ati anjumani”ga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo ...
17.08.2018 / 10:33
«O`zbekkonsert» to`y-hashamlardagi qo`shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi
«O`zbekkonsert» to`y-hashamlardagi qo`shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi. Murojaatda shunday deyiladi: «Aziz yurtdoshlar! To`y-hashamlarda kuylanadigan qo`shiqlar bo`yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo`lgan maxsus yo ...
06.08.2018 / 10:52
"O`zbekkonsert" badiiy kengashi Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini rad etdi
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Kengashda 10 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko ...
18.07.2018 / 09:15