O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”

Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen xonim ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida alohida faollik ko‘rsatdi.

“Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova “Xalq so‘zi” gazetasi uchun mohir diplomat bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi. Ana shu suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

— Siz ayol diplomatsiz, bundaylar kam. Afro-amerikalik elchisiz, ular ham juda kam. Sizni unutish qiyin bo‘ladi. Sizni qanday eslashlarini xohlar edingiz?

— Avvalo, O‘zbekiston ahliga aytadigan gaplarim bor. Sizlardan cheksiz minnatdorman. Meni keng quchoq ochib kutib oldingiz. Birinchi daqiqalardanoq olqishladingiz. Davlatga kirishim bilan 48 soat ichida tashqi ishlar vaziri ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qildi. Oradan 10 kun o‘tmay ishonch yorlig‘imni Birinchi Prezident Islom Karimov qabul qildi. Qayerga bormay odamlar meni juda iliq qarshilaydi. O‘zbekistonning taniqli joylari — Samarqand, Buxoro va Xiva yoki Farg‘ona vodiysidagi Mingtepa degan joy bo‘lsin, Termizmi, qayerga qadam ranjida qilmay, O‘zbekiston xalqi meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladi. Elchi sifatida bu ehtirom va imkoniyat men uchun bebaho.

Elchilik davrimda yangicha hamkorlik yo‘lini ochdik. Shunday sheriklik imkoniyati yaratildi. Mevasini ko‘raveramiz. Yoshlar bilan maroq ila ishladim. Ularning orzulari, kelajak haqidagi o‘ylaridan ilhom oldim. Bu bilan faxrlanaman.

Barcha hamkasblarimdan juda minnatdorman. Ular menga ishondi, tayandi. Rishtalarimiz muvaffaqiyati, hamkorlikdagi har qanday yutuq ko‘plab odamlarning qattiq mehnati mahsuli, faqat meniki emas.

AQSHdek davlatning diplomati bo‘lish bir baxt, chunki menikidek kasbiy faoliyatga ega bo‘lish mumkin. Umidim shuki, shunday karyera qilish imkoniyati O‘zbekiston yoshlarida ham bo‘lsin.

Suhbatning to‘liq variantini “Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonlarida o‘qishingiz mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O'zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi
Rossiya prezidenti kelgusi hafta O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Muzokaralar yakuni bo'yicha muhim hujjatlar to'plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi. «Umid qilamanki, kelgusi hafta Toshkentga davlat tashrifi chog ...
15.10.2018 / 14:49
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ...
16.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboev bilan telefonda muloqot qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. ...
12.10.2018 / 10:37