O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yil 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda 5 iyuldan 5 sentyabrga qadar “hosilga-hosil qo‘shish dolzarb ikki oyligi” e’lon qilingan edi. Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘tgan vaqtda g‘o‘za rivojining kechikishi bartaraf etilmagani, hali ham 8-10 kunga, ba’zi joylarda 12-15 kunga ortda qolish kuzatilayotgani ta’kidlandi. Ayrim tumanlarda paxta o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, muhim agrotexnik tadbirlar vaqtida bajarilmagani, g‘o‘za chanqatib qo‘yilib, bu hosil yo‘qolishiga olib kelayotgani tanqid qilindi.

Qishloq xo‘jaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tumanlar rahbarlariga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, g‘o‘zani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish, kultivatorlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Yana bir muammo bu yil g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlari ko‘payganidir. Olimlarning aniqlashicha, birgina ko‘sak qurti kapalagining qishdan chiqish darajasi 76 foizni tashkil etmoqda. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

“Hasharotlarning qishdan chiqish darajasi 50 foiz bo‘lganda favqulodda holat deb baholanadi. Bu yil esa hasharot 1,5 barobar ko‘p. Bundan barcha rahbarlar tegishli xulosa chiqarishi, ayniqsa, fermerlar o‘z hosili uchun ma’suliyatni kuchaytirishi shart”, dedi davlatimiz rahbari.

Zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil qilish, g‘o‘zaga ilmiy yondashuv asosida kimyoviy ishlov berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilishda g‘o‘zani sug‘orish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Suvdan maqsadli foydalanish, g‘o‘za maydonlarini sug‘orish jadvalini ishlab chiqish, uzoqdagi fermer xo‘jaligi dalasigacha suv yetib borishini ta’minlash, “sharbat” usulida sug‘orishni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, shartnoma tuzish va bo‘nak mablag‘lari berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ularning narx-navosi oshib bormoqda. Bunday sharoitda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirib, ichki bozorni arzon oziq-ovqat bilan to‘ldirish va eksport hajmini oshirish juda muhim hisoblanadi.

Shu maqsadda joriy yilda g‘alladan bo‘shagan 680 ming gektar maydonga takroriy ekin ekish belgilangan. Lekin oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, joylarda ekish ishlari tizimli tashkil qilinmagan, to‘liq yakuniga yetkazilmagan.

“Takroriy ekin bu – birinchi navbatda eksport, ikkinchidan oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi, ya’ni ichki bozordagi to‘kinlik va barqaror narx-navo degani”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddi rahbarlarga takroriy ekinlar uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslarni to‘liq yetkazib berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha qayta ishlash korxonalari, eksportyor va tayyorlov tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, fermerlarga bo‘nak pullarini to‘lash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, “Tomorqa xizmati” korxonalari faoliyatini jonlantirish, xonadonlarga urug‘lik, mineral o‘g‘it va boshqa zarur narsalarni yetkazib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mahalliy byudjetga qo‘shimcha daromad tushirish zaxiralarini safarbar qilish, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni bajarish masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi oy deflyatsiya holati kuzatildi, inflyatsiya darajasi pasaydi
2018 yilning iyul oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2018 yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlaridarajasi o‘rtacha 0,3 %ga pasaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi &ldquo ...
01.08.2018 / 09:26
Samarqand, Qarshi va Buxoroga boradigan Afrosiyob poyezdi chipta narxlari keskin oshirildi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati “Xalq so‘zi Online&ldquo ...
01.08.2018 / 09:25
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15
Moliya vazirligi: GM Uzbekistan avtomobillari narxini davlat belgilamaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxini oshganligi munosabati bilan bog‘liq turli muhokamalar munosabati sabab Moliya vazirligi bu borada bayonot berdi. ...
01.08.2018 / 09:25
Qashqadaryo viloyatidagi 26400 gektar paxta maydonida o‘rgamchakkana tarqalishi mumkin
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili hosilning 30 foizi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti axborotiga qaraganda, 34,9 foizi aynan zararkunandalar hamda turli kasalliklar sabab qo‘ldan boy berilmoqda ...
01.08.2018 / 09:25
Arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora ...
19.07.2018 / 09:49