O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
5 avgust kuni 1443 nafar abiturient test sinovlariga kelmagan

Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni ham muvaffaqiyatli o`tkazildi, deb ma`lumot bermoqda Aziz Abduhakimov o`zining F<errorc "="">acebook’dagi sahifasida. 
Unda qayd etilishicha, 5 avgustdan havo haroratining ko`tarilishi sababli abiturientlarning ota-onalari uchun salqin joylarda o`rinlar soni ko`paytirilgan va u erda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko`rinishda yoritib borilgan. 

Test sinovlari 18 ta oliy ta`lim muassasalarining 98 ta ta`lim yo`nalishida o`tkazildi va ularda 57 ming 728 nafar abiturient ishtirok etdi. Turli sabablarga ko`ra 1443 nafar abiturient test sinovlariga kelmagan. 

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abiturient, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. 

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Farg`ona vodiysi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kechasi 2:00da etib keladi. 

Etib kelgan test natijalari bo`yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlandi.

5 avgust test natijalari 6 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlandi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog ...
17.08.2018 / 11:44
Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O ...
10.08.2018 / 17:39
Bugundan boshlab respublikamizda maktab yarmarkalari o`z faoliyatini boshladi
Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga qaraganda 10 sentyabrga qadar jami 1325 ta maktab yarmarkalaridan umumta`lim maktablari o`quvchilariga asosiy turdagi o`quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim ...
10.08.2018 / 17:36
“O‘zstandart”: Maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan o‘quv daftarlarida kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,“O‘zstandart” agentligi hamda “Oila davrasida” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida   ...
17.08.2018 / 11:37
Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ...
10.08.2018 / 17:37
8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni tashkil etdi
Davlat test markazi tomonidan 9 avgust kuni e`lon qilingan Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni natijalariga qaraganda, 8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni, to`lov ...
10.08.2018 / 17:36