O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

2018-yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar va uning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Farmatsevtika va tibbiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga asoslangan munosabatlarda yangi davrni boshlashga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtiruvchi xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirib, Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vaziri Narendra Modining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Hindiston hukumati O‘zbekistonni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Hindiston O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Sushma Svaraj Hindistonning O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, kuzda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Hindistonda bo‘lishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni rasmiy kutob olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo&rdquo ...
17.08.2018 / 11:38
Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Hademay AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen  ...
01.08.2018 / 09:24
Tashqi ishlar vaziri Oq uyda AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashington shahrida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo&lsquo ...
31.07.2018 / 09:52
Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. ...
17.08.2018 / 10:12
Shavkat Mirziyoyev Marokash Qirolini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami – Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
31.07.2018 / 09:53
Shavkat Mirziyoev Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisini Inqilob kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lumot uchun ...
23.07.2018 / 12:31