O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Bugundan boshlab respublikamizda maktab yarmarkalari o`z faoliyatini boshladi

Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga qaraganda 10 sentyabrga qadar jami 1325 ta maktab yarmarkalaridan umumta`lim maktablari o`quvchilariga asosiy turdagi o`quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechak va poyabzallar sotib olish mumkin bo`ladi.

Maktab yarmarkalarining 931 tasi umumiy o`rta ta`lim maktablarida tashkil etilib, ularga 5941 ta maktablar biriktirilgan. Bu yarmarkalardan 3 mln. nafardan ortiq o`quvchilar, 293 ta aholi gavjum bozorlar hududi va atroflarida tashkil etilgan 528 ta yirik savdo komplekslari va do`konlarda esa 2 mln. nafardan ortiq o`quvchilar foydalanishi rejalashtirilgan.

Respublikadagi barcha maktab yarmarkalarida 26 turdagi zaruriy o`quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etiladi.

Maktab yarmarkalari faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklarda mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.

Joylarda tashkil etiladigan maktab yarmarkalariga asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi, “O`zcharmsanoat” uyushmasi, “O`zdavkitobsavdota`minoti”, “Sharq” kompaniyasi va “Sharq ziyokori” MChJ etkazib beradi. Etkazib berilgan mahsulotlarning saqlanishi, ularni yong`indan saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda boshqa zaruriy xavfsizlik choralari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Mahalliy hokimliklar, O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda maktab yarmarkalarida savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning O`zbekiston Respublikasidagi amaldagi standartlar talablariga javob berishini hamda ularning sifatini nazorat qiladi.

Maktab yarmarkalarida sotiladigan mahsulotlar narx-navolarining sun`iy ravishda oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik hamda ularda to`lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo`lga qo`yish maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan doimiy nazorat yo`lga qo`yilgan,-deyiladi vazirlik ma`lumotida.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlandi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog ...
17.08.2018 / 11:44
Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O ...
10.08.2018 / 17:39
8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni tashkil etdi
Davlat test markazi tomonidan 9 avgust kuni e`lon qilingan Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni natijalariga qaraganda, 8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni, to`lov ...
10.08.2018 / 17:36
“O‘zstandart”: Maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan o‘quv daftarlarida kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,“O‘zstandart” agentligi hamda “Oila davrasida” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida   ...
17.08.2018 / 11:37
Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ...
10.08.2018 / 17:37
O‘zbekistondagi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi
Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Test sinovlari ikki smenada o&lsquo ...
06.08.2018 / 10:59