O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Xalqaro maqom san`ati anjumanida 300ga yaqin xorijlik ishtirok etadi

2018 yil 16 avgust kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “I Xalqaro maqom san`ati anjumani”ga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

Matbuot anjumanida Tashkiliy qo`mita, Xalqaro maqom san`ati anjumanining saralash bosqichi Hakamlar hay`ati a`zolari, taniqli maqom ijrochilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda jurnalistlar xalqaro tadbir bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ma`lumki, mazkur xalqaro anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san`ati anjumanini o`tkazish to`g`risida”gi qarorlariga asosan tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha, dunyonnig 70 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin ishtirokchilar tadbirda qatnashish istagini bildirgan. Xususan, 29 davlatdan 162 nafar ijrochilar o`z san`atlarini namoyon etmoqchi bo`lsa, 20 ta davlatdan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish uchun murojaat kelib tushgan. Bundan tashqari, 8 ta davlat vakillari Hakamlar hay`ati a`zoligiga kiritilgan bo`lsa, 19 ta davlatda o`tkaziladigan turli darajadagi festivallar direktorlari ham qatnashishni niyat qilgan. 17 ta davlat esa mehmon sifatida ishtirok etmoqchi. Xalqaro anjumanni yoritish maqsadida 30 ta davlatdan 40 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillarining kelishi kutilmoqda.

Xalqaro anjumanni tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha Tashkiliy qo`mitaning 2018 yilning 7 avgust kuni bo`lib o`tgan yig`ilishida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston milliy axborot agentligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari ishtirokida Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi faoliyati yo`lga qo`yildi.

Unga ko`ra, Matbuot markazi faoliyatiga rahbarlik qilish, uning ishini muvofiqlashtirish vazifasi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yuklatildi.

Matbuot markazi tomonidan anjumanni keng yoritish bo`yicha media-reja ishlab chiqildi va amalga tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, Markaz faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta`minlab borish maqsadida anjumanning www.maqomfourm.uz rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog`ida jurnalistlar uchun alohida https://t.me/pressmaqom guruhi tashkil qilindi.

Shuningdek, Matbuot anjumanida yosh ijrochilar va san`at ustalari tomonidan milliy maqom san`ati namunalari ijro etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
15-17 noyabr kunlari Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi
Madaniyat vaziri navbatdagi xizmat safarida. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida boʻlib o ...
14.11.2018 / 19:44
Surxondaryoda xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Prezidentimizning joriy yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2019 yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida o`tkaziladigan xalqaro baxshichilik san ...
06.11.2018 / 14:18
Toshkentda modalar haftaligi o`tkaziladi
Go`zallik va nafosat shaydolari uchun kuz faslining betakror tuhfalari bisyor. Poytaxtimizda joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Toshkent modalar haftaligi bo`lib o`tadi. "Osiyo ramzi" O ...
02.11.2018 / 11:53
Zulfiya nomidagi mukofotga e’tiborsizlik qilganlar jazolandi
Jurnalist va erkin ijodkor Nodirabegim Ibrohimova Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib, tashkilotchilar va mahalla qo‘mitasining e’tiborsizligi tufayli nohaqlik bo‘ldi deb hisoblagan edi. Masala bir kunning o ...
07.11.2018 / 09:36
Qirg`izistondagi teatrlar Forumida O`zbekiston ham ishtirok etadi
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasida teatrlar Forumi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`zA. Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi Bishkek shahrida mashhur yozuvchi ...
06.11.2018 / 13:52
Madaniyat vazirligi qadimiy maqbara buzilishiga izoh berdi
O`rta asrlar arxitekturasining noyob yodgorligi, Qoraqalpog`istondagi Shamunabiy maqbarasini buzib tashlashga to`g`ri keldi, aks holda uning o`zi qulab tushgan bo`lardi, deya hisoblaydi O`zbekiston Madaniyat vazirligi. « ...
01.11.2018 / 13:31