O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlandi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi. Qaror bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab esa majburiyligi belgilandi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etadi hamda ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq ta’limi vazirligi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida to‘liq joriy etilishini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradi. Qarorning o‘ziga xos muhim jihati tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishini tashkil etadi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish ishlarini tashkil etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Xususiy maktab va bog‘cha qurish uchun tanlov e’lon qilindi
Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi. Toshkent shahar hokimligi tanlov g&lsquo ...
23.08.2018 / 10:45
Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O ...
10.08.2018 / 17:39
Bugundan boshlab respublikamizda maktab yarmarkalari o`z faoliyatini boshladi
Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga qaraganda 10 sentyabrga qadar jami 1325 ta maktab yarmarkalaridan umumta`lim maktablari o`quvchilariga asosiy turdagi o`quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim ...
10.08.2018 / 17:36
“O‘zstandart”: Maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan o‘quv daftarlarida kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,“O‘zstandart” agentligi hamda “Oila davrasida” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida   ...
17.08.2018 / 11:37
Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ...
10.08.2018 / 17:37
8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni tashkil etdi
Davlat test markazi tomonidan 9 avgust kuni e`lon qilingan Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni natijalariga qaraganda, 8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni, to`lov ...
10.08.2018 / 17:36