O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Termizda Matbuot uyining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi. 

Surxondaryo viloyatida ham ijodkor ziyolilarga e’tibor ortib, ularning munosib turmush kechirishi, izlanib, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda. Mazkur matbuot uyi 29 yil muqaddam foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘tgan davrda bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari yetarli qulayliklarga ega bo‘lmagan qishda sovuq, yozda issiq binoda faoliyat yuritib keldi. To‘rt qavatli inshoot ta’mirlanmagani sababli binoning tashqi va ichki ko‘rinishlari nochor ahvolga tushib qoldi. 

– Tubdan ta’mirlangan binoda barcha sharoit yaratildi, – deydi mehnat faxriysi A.Shoymardonov. – Hatto binoga kirishda ham kishi yaqinlashgach, o‘zi ochilib, yopiladigan oynavand sensorli eshik o‘rnatilibdi. Biz ishlagan yillarda bunaqa sharoitlar qayoqda edi. Hayotimning 25 yili shu binoda o‘tdi. Shuncha yil hozir yaratilgan qulayliklarni orzu qildik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda tashqi tarafining ohori ketib, ichki devorlari to‘kilib qolganidan xijolat chekardik. Endilikda nafaqat ijodkor ziyolilar balki, bu yerga kelgan odamlarning ham bahri-dilini ochadigan, muhtasham binoga aylanganini ko‘rib, havasim keldi. Bu kabi yuksak e’tibor ijodkor ziyolilarning yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga hamohang, hamnafas faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Binoni Termiz shahridagi “ Santexgazmontaj” xususiy korxonasi ta’mirladi. Buning uchun 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Isitish tizimi bunyod etildi. Xonalar yangi mebellar, qishda isitib, yozda sovitadigan zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlandi. Birinchi qavatda matbuot anjumanlari o‘tkaziladigan keng, yorug‘ zal, kutubxona, kitob do‘koni, ikkinchi qavatda majlislar zali, yosh ijodkorlar to‘garagi qurildi. Har bir qavat yuksak did bilan bezatildi. Inshootning tashqi qismi ham tamomila yangi, zamonaviy qiyofada bo‘y ko‘rsatdi. 

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari, Termiz shahrida chop etiladigan gazetalar joylashgan binoning birinchi qavati O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasiga berildi. 

– Mustaqillik tufayli qadimiy vohada turizm izchil rivojlanmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Xo‘jaqulov. – Tarixiy obidalar qayta rekonstruksiya qilinib, mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilayotir. Sayohat, tibbiyot, ziyorat, agro, eko turizm infratuzilmasini qurishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yildan-yilga sayyohlar oqimini kengaytirayotir. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida bizga tuhfa qilingan muhtasham, go‘zal inshootda xorijlik sayyohlarni, mehmonlarni qabul qilish uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Alohida xonalar barpo etilib, jahon andozalariga mos jihozlangan. 

 

 

Mavzuga oid yangiliklar
"Havo yo`llari" yo`lovchisi aviakompaniya xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
O`zbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo`lib yozgan arizasi atroflicha o`rganib chiqilgan. "Fuqaro M.Subxanov o ...
23.08.2018 / 10:37
"Chorvoq" erkin turistik zonasi qurilishida Fransiyaning etakchi kompaniyalari ishtirok etadi
22 avgust kuni Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov «Orex- Loisirs» va «SCP Geode» fransuz kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi. ...
23.08.2018 / 10:34
Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to'g ...
17.08.2018 / 10:15
Aziz Abduhakimov "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov O`zbekiston delegasiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Fransuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo`yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida umumiy o`rta, o ...
23.08.2018 / 10:37
“Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida yoshlar press-klubi bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 27-iyulda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to`g`risida videoselektor o`tkazilgan edi. Mazkur selektorda bajarilishi lozim bo ...
17.08.2018 / 10:32
11 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g ...
10.08.2018 / 17:40