O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
“Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi

“Sevimli” telekanalida “Rossiya-Kultura” telekanali va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida suratga olingan “Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
40 daqiqali hujjatli film Nukusdagi Saviskiy nomli muzeyning 100 mingga yaqin eskponatdan iborat noyob toʻplamlari haqida hikoya qiladi. Toʻplamning eng qiziqarli qismi – avangard sanʼati, shu jumladan, “Turkiston” va sobiq avangard deb ataluvchi, dunyoda tan olingan, ammo SSSRda eʼtirof etilmagan sovet rassomlarining ishidir.

Ular orasida oʻzbek maktabining ustalari Oʻrol Tansiqboyev, Viktor Ufimsev, Aleksandr Volkov, yetuk ustalari Robert Falk, Lyubov Popova, Kliment Redko va boshqalar bor. Mazkur noyob kolleksiyaning sezilarli qismi ushbu muzey fondida mavjud boʻlib, koʻplar uni koʻrishni orzu qiladi. Uzoq yillar mobaynida bu kartinalar muzey zahiralarida saqlangan, keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlmagan.

Muzeyning yangi zaxiralariga joylashgan hududga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya qoʻmagida “Rossiya-Kultura” telekanali suratga olish guruhi birinchi boʻlib kirishga muvaffaq boʻldi.

Teletomoshabinlar bu orqali nafaqat Oʻzbekistonni, balki butun dunyoni toʻlqinlantirayotgan koʻplab savollarga javob topishadi.

Filmda Nukusdagi I.V. Saviskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyining sobiq direktori Mariniki Bobonazarova, shu muzeyning amaldagi direktori Gulbahor Izentayeva, sanʼatshunoslar Jon Bolt, Andrey Sarabyanov, Svetlana Gorshenina, rassom Irina Korovay, xalq rassomi Akmal Nur va boshqa koʻplab ijodkorlarning intervyulari taqdim etilgan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Nukusdagi Igor Saviskiy nomidagi muzey eskpozitsiyasining Rossiyaning Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyidagi keng miqyosli namoyishidan keyin filmni olish imkoni tugʻildi. Markaziy Osiyoning xazinasi deb ataladigan noyob kolleksiyada ikki yuzdan ziyod eksponat – rus va Turkiston avangardining durdonalari, sanʼat va hunarmandchilik sanʼati va arxeologik artefaktlar, Saviskiyning afsonaviy toʻplamlaridagi, bunday miqyosda hech qayerda taqdim etilmagan eng yorqin va ahamiyatli asarlari mavjud.

Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyi direktori Marina Loshak oʻz intervyusida taʼkidlaganidek: «Bu judayam oʻziga xos sanʼat. Bu yerga keladigan kishi ranglardan, shakldan, biz koʻrishimiz mumkin boʻlgan oʻziga xosliklardan hayratga tushadi. U yaxshisi Qoraqalpogʻistonga borib, Nukus muzeyiga tashrif buyurishni, u yerda taqdim etilgan barcha xilma-xil asarlarni oʻz koʻzi bilan koʻrishni orzu qilishga majbur etadi.

Filmning “Rossiya-Kultura” telekanalidagi filmining namoyishi 23 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan 12.30 da boʻlib oʻtadi.

Film rejisseri Oleg Soldatenkov, ssenariy muallifi Elvira Mogilevskaya. Oʻzining “Oʻzbekiston qumliklar marvaridi”, “Oʻzbekiston. Qoʻlga kiritilgan kashfiyotlar” va boshqa ishlari bilan mashhur Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Firdavs Abduxalikov film prodyuseri hisoblanadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o ...
05.10.2018 / 18:28
Toshkentda oktyabr oyida VIII "TEFI-hamdoʻstlik» telefestivali boʻlib oʻtadi
Toshkentda 4 – 7-oktyabr kunlari MDH davlatlararo jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi koʻmagida Rossiya teleakademiyasi tomonidan VIII "TEFI-hamdoʻstlik ...
02.10.2018 / 09:44
Firdavs Abduxoliqov: "O`z boyliklarimizdan yetarlicha foydalana olmayapmiz!"
Kecha «Rossiya-Kultura» telekanalida I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan avangard rasmlarning noyob kolleksiyasiga bag`ishlangan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» ...
25.09.2018 / 18:06
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi. O ...
04.10.2018 / 10:22
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Dehli shahrida “Oʻzbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti” media-iventi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligi va “Eriell” kompaniyasi homiylik koʻmagida tashkil etilgan media ...
27.09.2018 / 09:17
Dehlida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida&rdquo ...
24.09.2018 / 16:23