O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Dehlida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida” kitoblar turkumining taqdimoti bo`lib o`tdi.

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari assosiasiyasi va mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida Dehli shahrida tashkil qilingan xalqimizning boy madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti tadbirlari Lal Bahodur Shastri majmuasida boshlanganida ramziy ma`no bor.

Mamlakatimizda mustaqil Hindistonning ikkinchi Bosh vaziri nomini chuqur hurmat bilan eslashadi. Nafaqat yoshi ulug` insonlar, balki yosh avlod vakillari ham Hindiston va Pokiston o`rtasidagi 1966 yilgi tarixiy deklarasiya Toshkentda imzolanganidan faxrlanadi.

Bugun Toshkentda Lal Bahodur Shastri yodgorligi qad rostlab turibdi. Shuningdek, poytaxtimiz ko`chalaridan biriga hind xalqining buyuk farzandi nomi berilgan.
Mashhur Bosh vazir farzandi Anil Shastri bugun O`zbekiston-Hindiston do`stlik jamiyatiga rahbarlik qilmoqda. Taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari, olimlar, jurnalistlardan tashkil topgan Do`stlik jamiyati a`zolari o`zbek va hind xalqlari o`rtasidagi an`anaviy do`stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo`shmoqda.

Hindiston-O`zbekiston do`stlik jamiyati raisi Anil Shastri, O`zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziev va boshqalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga birinchi davlat tashrifini ikki mamlakat xalqlari katta qiziqish bilan kutayotganini ta`kidladi. Tashrif davomida bo`lib o`tadigan uchrashuv va muzokaralar Markaziy va Janubiy Osiyoning ikki yirik davlati o`rtasidagi o`zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar ochishiga ishonch bildirildi.

“O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida” turkumidagi kitoblar xalqimizning xorijdagi mashhur muzeylarda saqlanayotgan boy va betakror madaniy-ma`rifiy merosi namunalari haqida hikoya qiladi.

Mazkur loyihaning tashabbus guruhi a`zolari taniqli o`zbek va hind olimlari bilan hamkorlikda Hindistonning yirik muzey, kutubxona va boshqa xazinalarida saqlanayotgan ilmiy-madaniy meros namunalarini o`rganishmoqda. Ilmiy izlanishlarning natijalari turkumning yangi boblariga kiritiladi.
Mazkur kitoblar turkumi Dehlidagi Javaharlal Neru universiteti, Jamiya Milliya universiteti, Jome masjidi va Hindiston islom madaniyati markazida ham tashkil etiladi.

25 sentyabr kuni Hindiston Milliy muzeyida “Hindiston-O`zbekiston: madaniyatlar muloqoti” qo`shma ko`rgazmasi ochiladi. Tadbir 24 oktyabrgacha davom etadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o ...
05.10.2018 / 18:28
Toshkentda oktyabr oyida VIII "TEFI-hamdoʻstlik» telefestivali boʻlib oʻtadi
Toshkentda 4 – 7-oktyabr kunlari MDH davlatlararo jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi koʻmagida Rossiya teleakademiyasi tomonidan VIII "TEFI-hamdoʻstlik ...
02.10.2018 / 09:44
Firdavs Abduxoliqov: "O`z boyliklarimizdan yetarlicha foydalana olmayapmiz!"
Kecha «Rossiya-Kultura» telekanalida I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan avangard rasmlarning noyob kolleksiyasiga bag`ishlangan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» ...
25.09.2018 / 18:06
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi. O ...
04.10.2018 / 10:22
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Dehli shahrida “Oʻzbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti” media-iventi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligi va “Eriell” kompaniyasi homiylik koʻmagida tashkil etilgan media ...
27.09.2018 / 09:17
“Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Sevimli” telekanalida “Rossiya-Kultura” telekanali va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ko ...
24.09.2018 / 16:15