O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Firdavs Abduxoliqov: "O`z boyliklarimizdan yetarlicha foydalana olmayapmiz!"

Kecha «Rossiya-Kultura» telekanalida I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan avangard rasmlarning noyob kolleksiyasiga bag`ishlangan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» filmining premerasi muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Bugun biz filmning O`zbekistondan bo`lgan prodyuseri, «O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida» loyihasining muallifi va rahbari, ko`plab filmlar, jumladan, “O`zbekiston. Kashf etilgan ochiqlamalar”, “Qoraqalpog`iston. Sahro orasidagi vaqt” filmining prodyuseri va boshqa asarlar muallifi bilan suhbat quramiz.

- Firdavs Fridunovich, I. V. Saviskiy nomidagi muzey haqidagi film “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” loyihasining bir qismi hisoblanadimi?

- «Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi» loyihasi –bu nafaqat albom-kitoblarni nashr etish yoki bosish, balki hujjatli filmlarni ham yaratish demakdir. Biz shu paytgacha 20 ta filmni ishlab bo`ldik. Ular ustida taniqli jurnalist Shaxnoza G`anieva rahbarligidagi tasvirga olish guruhi ish olib bormoqda. Xorijiy telekompaniya bilan hamkorlikda ishlangan “Nukus. Noma`lum kolleksiya” filmiga keladigan bo`lsak, u mazkur yo`nalishdagi navbatdagi qadamdir. Biz Rossiya telekompaniyalari bilan birgalikda «O`zbekiston. Sahro marvaridi», «O`zbekiston. Kashf etilgan ochiqlamalar», «Qoraqalpog`iston. Sahro orasidagi vaqtlar» filmlarini oldin ham olganmiz.Bugun esa to`la ishonch bilan ayta olamanki, Igor Saviskiy muzeyining noyob kolleksiyasi haqidagi mazkur film “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” nomli loyihamizning amalga oshirilishidagi yangi yorqin sahifalarni ochmoqda. Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasiga, Madaniyat vazirligiga, I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyiga, shuningdek, ushbu filmni yaratishda bizga ko`mak bergan barchaga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

- Agar «birinchi marta» iborasini asos qilib olsak, filmda oldin jamoatchilikka ma`lum bo`lmagan narsalar bormi?

- «Birinchi marta» iborasini oladigan bo`lsak, albatta, bu holatda Saviskiy nomidagi muzey fondining yopiq omborxonasida tasvirga olish imkoniyatining yaratilgani barchamiz uchun noyob hisoblanadi. Ijodiyguruhlar bir yoki ikki soatdan ishlashdi desam yanglishgan bo`laman, ular Nukusga ikki martalab uchishdi va tasvirga olish ishlari besh kunlab davom etdi.

Biz shuningdek, birinchi marta Igor Saviskiy bilan ishlagan odamlarning ochiqlamalarini eshitishga muvaffaq bo`ldik, aynan ular, bu hikoyalar tomoshabinlar va barchamizga nafaqat muzey asoschisi Igor Saviskiyni, balki o`sha vaqtning u muloqotda bo`lgan rassomlari shaxsiyatini ham chuqur tushunish imkonini beradi. Mazkur filmda ilk bor Igor Vitalevichning o`sha vaqtning ko`plab san`atshunoslari bilan yozishmalari keltiriladi.

- Siz, I.V. Saviskiy nomidagi muzey omborxonasida bo`lishga muvaffaq bo`lganlardan birisiz. U erda sizni nima hayratga soldi?

-Meni shu narsa hayratga soldiki, shunday boylikka ega bo`la turib, biz hali undan to`liq darajada foydalanishni bilmaymiz. Jahon OAV, hujjatshunoslar, olimlar va tadqiqotchilar, kolleksionerlar biz bilan ishlash uchun mamlakatimizga kelishga va ishlashga tayyor. Ammo ko`plari bizning fondlarimizga kirish qiyinligini aytadi. I.V. Saviskiy nomidagi muzey yorqin misol bo`la oladi. Muzey fondlari haqida film olish uchun O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash milliy assosiasiyasi hamda«Rossiya - Kultura» telekanaliga ko`plab instansiyalardan o`tishiga to`g`ri keldi.Garchi biz O`zbekiston Madaniyat vazirligining qo`lloviga ega bo`lsakda, juda katta sondagi kelishuv jarayonlaridan o`tdik. Bizning muzeychilarimiz psixologiyasida o`rnashib qolgan ko`rsatmalar “kim va qanday chiqishidan” qat`iy nazar, ular faoliyatida ustunlik qilmoqda. Nahotki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning I.V. Saviskiy nomidagi muzey kolleksiyasining misli ko`rilmagan muvaffaqiyatli tarzda o`tgan ko`chma ko`rgazmasini Moskvada tashkil etish borasidagi tashabbusi bizning barcha muzey va kutubxonalar uchun signal vazifasini o`tamagan bo`lsa? Bizdagi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi sharq qo`lyozmalari markaziga kirib ko`rishga va media loyiha yoki jiddiy tadqiqot qilishga bir urinib ko`ring.O`sha erda ham maxsus ruxsatnomalar kerak, ularni olish qanchalar murakkab-a!

«O`zbekiston madaniy merosi» loyihasi doirasida mana bir yildirki O`zbekiston davlat san`at muzeyi bilan ishlayapmiz. Moskvadan fotosuratchi taklif etdik. Nima bo`ldi dersiz? Bizga muzeyning o`zida ochiq tarzda namoyish etilayotgan tarixiy buyumlarnigina suratga olishga ruxsat berishdi. Axir bunday albomning jamoatchilikka qizig`i bormi? Fondlarimizni nega matbuot uchun ochishmaydi? Axir, bu nafaqat mamlakat uchun piar hisoblanadi, balki butun bir daromad turi-ku!

- Loyihangiz doirasida o`nta albom chiqarildi va nashrga yana shunchasi tayyorlanmoqda. Aytingchi, mazkur masalada xorijiy muzeylar bilan olib borilayotgan ishlar qanday?

- Xorijiy muzey va kutubxonalar nafaqat hamkorlikka ochiq, balki o`z kolleksiya to`plamlaridagi yoki bizning madaniy merosimizga oid alohida buyumlar bilan faxrlanishadi va qadrlashadi. Masalan, shu yilning iyunida Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi ko`prik” deb nomlangan kongress kunlarida 200 kishidan iborat ulkan delegasiyani Rossiya milliy kutubxonasi, Sharq qo`lyozmalari instituti, Rossiya etnografik muzeyi, Din muzeyiga qo`yishdi.Mazkur muzeylar fondlarida bo`lgan bizning madaniy merosimizga tegishli buyumlardan iborat maxsus ko`rgazmalar ham uyushtirildi. Bunga ishonish qiyin, ammo hatto Ermitaj ham o`z omborxonasini ochdi!

Bu, albatta, tekinga ochilgani yo`q –qoidalar shunday.Oddiy so`z bilan gapirganda, jahon muzey va kutubxonalari o`z kolleksiyalari orqali mana shunday yo`l bilan pul qilmoqda, bu ular uchun nafaqat daromad manbai, balki chinakam piar hamdir.

Nima uchundir bizning muzey va kutubxonalar piar qilish, o`z fond va kolleksiyalarini ommalashtirish xoxishi bilan yonmayapti. Mana masalan, agar ertaga I.V. Saviskiy nomidagi muzey yoki boshqa yirik muzeylar butun dunyoga o`z fondlari tadqiqotchilar uchun ochiqligini e`lon qilsa, ishonavering, bizlarga katta miqdordagi olimlar, tadqiqotchilar, san`atshunoslar, jurnalistlar,mediachilar keladi. Bu madaniy va ilmiy almashinuvning qudratli oqimi bo`ladi, bundan eng avvalo, mamlakatimiz, muzey va arxivlarning o`zi yutadi. Faqat bizning tariximiz va madaniyatimiz xazinasini o`rganish va yoritish uchun kirish imkoniyatini engillashtirish kerak xolos.

- Nima deb o`ylaysiz, bunday hamkorlikdan muzeylar daromad topishi mumkinmi?

- Shubhasiz. Biz, masalan, «Eriell» neftservis kompaniyasining homiylik ko`magi evaziga jahon muzeylaridagi eksponatlarga kirib borish uchun pul to`laymiz.Bu jahon ilmiy tajribasi. Bizning sharq qo`lyozmalari markazi, I.V. Saviskiy nomidagi muzey yoki boshqa muzeylar buni bepul amalga oshirish kerak deb aytmayapti hech kim.Aksincha, shu yo`l bilan muzey yoki arxiv ehtiyoji uchun mablag` ishlab olish kerak. Olinadigan katta daromad orqali binoni kengaytirish, saqlash sharoitlarini yaxshilash va maxsus anjomlarni sotib olish mumkin. Nega bizning muzeylar moliyaviy mablag`ni faqat davlatdan kutadi? Davlat ajratishi kerak degan qotma fikr miyamizda o`rnashib qolgan… O`zimizning keng imkoniyatlarimizni o`z muzeylarimiz moliyaviy ahvolini yaxshilashga sarflasak bo`lmaydimi?Bu iste`molchilik munosabati va undan qutulishimiz kerak, chunki vaqt keldi, bir chekkada qo`l qovushtirib o`tirish yaramaydi. Yaxshi yangiliklar bor –Nukus muzeyi haqidagi film taqdimotida O`zbekiston Boshvaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimovning chiqishi bizni quvontirdi, unda muzeylarga nafaqat matbuot bilan, balki xalqaro standartlarga muvofiqishlash uchun yangi imkoniyatlar va moliyaviy mexanizmlarni taqdim etadigan hukumatning maxsus qarori tayyorlanayotgani aytildi.AzizAbduxakimov taqdimotda ishtirok etgan barchani mazkur yo`nalishda hamkorlikka qilishga chaqirdi. Hukumatning ushbu muhim hujjatli chiqishi bilan bizning muzeylarimiz faoliyati va kolleksiyalari to`g`risida xabardor qilish borasidagi vaziyat o`zgarishi kerak, bu esa mamlakatimizning butun dunyoga ochiqligi yo`lidagi salmoqli qadamdir.

Mavzuga oid yangiliklar
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o ...
05.10.2018 / 18:28
Toshkentda oktyabr oyida VIII "TEFI-hamdoʻstlik» telefestivali boʻlib oʻtadi
Toshkentda 4 – 7-oktyabr kunlari MDH davlatlararo jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi koʻmagida Rossiya teleakademiyasi tomonidan VIII "TEFI-hamdoʻstlik ...
02.10.2018 / 09:44
Dehlida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida&rdquo ...
24.09.2018 / 16:23
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi. O ...
04.10.2018 / 10:22
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Dehli shahrida “Oʻzbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti” media-iventi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligi va “Eriell” kompaniyasi homiylik koʻmagida tashkil etilgan media ...
27.09.2018 / 09:17
“Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Sevimli” telekanalida “Rossiya-Kultura” telekanali va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ko ...
24.09.2018 / 16:15