O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
OʻZuPACK-OʻZBEKinPRINT tarmoqning asosiy trendlarini taqdim etadi

Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasining 4 pavilonida “Bosma ishi va qadoqlash - OʻZBEKinPRINT- OʻZuPACK 2018 xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

OʻZBEKinPRINT- OʻZuPACK koʻrgazmasini Oʻzbekistonning qadoqlash va bosma ishi bozoridagi yilning eng muhim voqeasi deb atash mumkin. Bu yil koʻrgazma oʻzining 20 yilligini nishonlamoqda va tayyor qadoq va qadoqqa belgi qoʻyish boʻyicha mahalliy va xorijiy qadoqlash texnikasi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarini, ishlab chiqarishning boshidan oxirigacha boʻlgan jarayonlar, qadoq, belgi va poligrafiya ishlab chiqarishdan iborat boʻlgan turdosh ishlab chiqarishlarni bir maydonda jamlaydi.

Joriy yildagi koʻrgazma hajmi 16 foizga oshgan boʻlib, unda jami 15 mamlakat - Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSH, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Oʻzbekiston, Finlyandiya hamda Yaponiyadan 66 ta kompaniya va brend qatnashmoqda.

Yubiley forum uchun qator yirik premyeralar - uskunalarni ishlayotgan holatidagi taqdimotlar tayyorlab qoʻyilgan, bu esa poligrafiya va bosma ishi bozori ishtirokchilari uchun qiziqarli boʻlishi kutilmoqda. Jumladan, Akela Group kompaniyasi stendida uning quyidagi hamkorlari texnologiyalari namoyish etiladi: Line O Matic Graphic Industries (Hindiston), Guangdong Constant Precision Machinery (Xitoy), Zhejiang Horda Machinery (Xitoy), UFLEX Limited (Hindiston) kabi yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning qogʻoz kesish mashinasi, fleksbosma uchun avtomat uskuna, inyeksiyali quyish mashinasi, kitob korpusini tayyorlash uchun avtomatik mashina, babinali-kesish mashinasi va boshqalar.

Qarorgohi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan bosma ishi sohasidagi global yetakchi boʻlmish Ricoh kompaniyasining bozorga chiqishi yorqin debyut boʻladi, deya eʼtirof etilmoqda. Koʻrgazma doirasida raqamli bosish mashinasi, keng formatli koʻp funksiyali qurilma, lateksli printer namoyish qilinadi. Ricoh Rusning Oʻzbekiston bozoriga rasmiy ravishda kirib kelishi 2017 yilning sentyabr oyida yuz bergandi, oʻshanda raqamli tijorat bosma ishi bozorida uskuna va yechimlarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri, joriy koʻrgazmada ham ishtirok etuvchi UCD Micros bilan shartnoma imzolangan edi.

Oziq-ovqat va ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlari, kosmetika va dori vositalari, qurilish mollari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari jahonning taniqli kompaniyalari: Windmoeller & Hoelscher (Germaniya), HAVER&BOECKER (Germaniya), SWEMA (Rossiya-Germaniya), InKomPro-Servis (Rossiya), Ala Sintez (Qozogʻiston), TEKO ALUMINYUM SANAYI (Turkiya), ÜNER PLASTİK (Turkiya), NIKOL-PAK (Rossiya), ERPAKSAM MAKINA (Turkiya)va boshqalar bilan amaliy muzokaralar olib borish imkoniga ega boʻladi.

Koʻrgazma debyutanti – PROFITЕKS kompaniyasi suyuq, yopishqoq va pastasimon mahsulotlarni plastik yoki qogʻoz stakanlarga joylashga moʻljallangan avtomatni namoyish qiladi.

Mahalliy bozorning yetakchi kompaniyalari yuqori faollikni namoyon etmoqdalar, ular mahsulotining sifati va turlari jahonning eng yuqori standartlariga javob beradi: POLIMAKS, UZPOLITEX Holding, POYTAXT SAVDO GROUP, TEZKOR MATBAA, CREDO PRINT, the VORTEX TAPE va boshqalar shular jumlasidan.

Umuman olganda, koʻrgazma Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot eksportiga koʻmak berish boʻyicha Respublika hukumatining strategiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Ulkan vazifalar bajarilishini taʼminlash maqsadida korxonalar tayyor sanoat mollari, meva-sabzavot, farmatsevtika, toʻqimachilik, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlay oladigan texnologiya va xomashyoga investitsiyalar kiritishga tayyor.

Anʼanaga koʻra, OʻZBEKinPRINT- OʻZuPACK koʻrgazmasi uchrashuvlar va tarmoqning barcha yangiliklarini muhokama qilishning eng maqbul joyi boʻlib qoladi.

Mavzuga oid yangiliklar
"O`zbektelekom": shaharlararo aloqa uchun yagona tarif tizimi yo`lga qo`yildi
"O`zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi rasmiy saytida shaharlararo aloqa uchun yagona tarif tizimi yo`lga qo`yilganligi e`lon qilinadi. Ushbu xabarda ma`lum qilinishicha, “O`zbektelekom&rdquo ...
12.10.2018 / 10:36
Axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar muhokama qilindi
“ICTWEEK Uzbekistan – 2018” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Oʻzekspomarkaz”da ilk bor “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi tashkil etildi.  ...
27.09.2018 / 09:18
Matbuot va axborot agentligi yagona interaktiv axborot tizimini yo'lga qo'ymoqda
O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan nashriyot va matbaa korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida yagona interaktiv axborot tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha loyiha amalga oshirilmoqda. ...
24.09.2018 / 16:33
Irakliy Kashibadze: «O‘zbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon»
«ICTWEEK 2018» AKT haftaligi doirasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida gruziyalik ekspert va maslahatchi Irakliy Kashibadze ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati ...
28.09.2018 / 10:14
Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi
24-29 sentyabr kunlari Toshkent va Jizzax shaharlarida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi - “ICTWEEK Uzbekistan-2018” oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik ...
25.09.2018 / 13:24
«O`zbektelekom» Internet-kanallari tariflarini pasaytirdi
«O`zbektelekom» AK bosh direktori Shuhrat Qodirov tomonidan mobil va qayd etilgan aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM Internet-kanallari tariflarini 176 682 so ...
10.08.2018 / 17:34