O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Taniqli rejissyor Ali Hamroyevning filmi Toshkentdagi “TEFI-hamdoʻstlik” festivalida namoyish qilinadi

Ali Hamroyevning otasi – ilk oʻzbek kinoaktyorlaridan biri Ergash Hamroyevga bagʻishlangan “Yodimdasan” nomli yangi hujjatli filmi 6 oktyabrda “TEFI-hamdoʻstlik” tanlovining “Maxsus namoyish” dasturida koʻrsatiladi.

“Filmning Moskvadagi premyerasi 2019 yil may oyida Gʻalaba bayrami arafasida oʻtkaziladi”, – deb xabar berdi Ali Hamroyev.

Filmda kadr ortidagi matnni rejissyorning oʻzi oʻqigan. Ali Hamroyevning otasi – taniqli oʻzbek aktyori, ssenaristi, kichik leytenant Ergash Hamroyev Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan. Filmda rejissyor onasi Anastasiya Tarasenko olgan qoraxatni ham koʻrsatib, onasining oʻzbek urf-odatlari va turmush tarzini hurmat qilgan holda yashaganini koʻrsatgan.

1985 yili Ali Hamroyev oilasi hamda otasining qabrini qidirganligi haqida “Yodimdasan” badiiy filmini suratga olgan edi.

45 daqiqalik hujjatli filmda rejissyor otasi va onasi haqida hurmat va ehtiyotkorlik bilan soʻz yuritadi. Uning aytishicha, otasi halok boʻlgan Vyazma shahri ortidagi qishloqchani qoraxat orqali topgan. Ergash Hamroyev okop ichiga koʻmilgan.

Rejissyorning film soʻngidagi “Rahmat, azizam!” soʻzlari insonlar va xalqlar oʻrtasidagi mehr-muhabbat, oqibat tushunchalarini ardoqlash lozimligi haqidagi sokin hayqiriqdir.

Eslatib oʻtamiz, bu yil 4-7oktabr kunlari “Zamon, makon va taqdirlarda vatan timsoli” mavzusida oʻtkaziladigan VIII “TEFI-hamdoʻstlik” televizion festivali uchun Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Ukraina, Armaniston va Estoniyada suratga olingan 12 ta film saralab olingan.

Ali Hamroyevning otasi ilk oʻzbek kinoaktyorlaridan biri Ergash Hamroyevga bagʻishlangan “Yodimdasan” yangi hujjatli filmi 6 oktyabrda “TEFI - hamdoʻstlik” tanlovining “Maxsus namoyish” dasturida koʻrsatiladi. Filmning Moskvadagi premyerasi 2019 yil may oyida Gʻalaba bayrami arafasida namoyish qilinadi, deb xabar berdi Ali Hamroyev. Filmdagi kadr ortidagi matnni rejissyorning oʻzi oʻqigan. Ali Hamroyevning otasi taniqli oʻzbek aktyori, ssenaristi, kichik leytenant Ergash Hamroyev Ikkinchi Jahon urushi yillarida halok boʻlgan. Hujjatli film jarayonida rejissyor onasi Anastasiya Tarasenka olgan “Qoraxat”ni ham koʻrsatib, onasining oʻzbek xalqi turmushi va urf-odatlarini hurmat qilgan holda yashaganligini koʻrsatgan.

Mavzuga oid yangiliklar
Turkiyalik rejissyor "Jaloliddin Manguberdi" haqida film olmoqchi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertugrul” teleserialining rejissyori Mehmet Bo`zdag` boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar bermoqda O ...
16.10.2018 / 10:09
VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси якунланди
2018 йилнинг 8 октябрида бошланган VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси 14 октябрга қадар давом этди. Бугун Марказий кўргазмалар залида биенналенинг тантанали ёпилиш ҳамда ғолибларни тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. &ldquo ...
15.10.2018 / 09:57
Yulduz Turdiyeva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi
Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi. ...
09.10.2018 / 09:39
Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi
14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA. Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat.
15.10.2018 / 14:47
Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev o`z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so`zlab berdi. &ldquo ...
11.10.2018 / 20:34
Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi
5-oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish ...
08.10.2018 / 08:57