O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Sirdaryoda yuqori hosildorlikka erishgan fermerga "Lasetti" avtomobili topshirildi

Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligida birinchi terimdayoq 29,5 sentnerdan yuqori navli paxta hosili olindi. Xo`jalik rahbari Abdulla Begmatovning telefon orqali ma`lum qilishicha, hali dalasida yana 60 tonnadan ziyod hosil bor, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

“O`tgan yili 9 dekabrda poytaxtimizda bo`lib o`tgan qishloq xo`jaligi xodimlari qurultoyida ishtirok etgan edim. Prezidentimiz ma`ruzasidagi erdan unumli foydalanish to`g`risida bergan ko`rsatmalari menda chigit ekishning 76 sxemasini qo`llash fikrini uyg`otdi. Va bu yil 44 gektarda ana shu usul asosida g`o`za parvarish qildik. Hisoblab ko`rsak, maydonimizga odatdagi ekishga nisbatan jami 6 gektarlikka teng ko`p ko`chat joylashtiribmiz. Va qo`shimcha 18 tonna qo`shimcha hosil olish imkoniyati ham paydo bo`libdi. Yana bir muhim jihat, mazkur usul xomaki hisob-kitoblarga ko`ra, daromadimizni 56 million so`mga ko`paytirishi ham kutilmoqda”, - deydi fermer xo`jaligi rahbari Abdulla Begmatov.

“Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mas`ul xodimi Alisher Nazarovning xabar berishicha, bugun viloyat rahbariyati tomonidan yuqori hosildorlik qayd qilingan “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligi rahbariga “Lasetti” avtomobili dala boshida tantanali ravishda topshirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi umumiymuhokamaga qo`yildi. ...
16.10.2018 / 10:11
Yig`ilish​da yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan natijalar muhokama​ qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo ...
11.10.2018 / 20:41
Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda «Turon24» xabar berdi. «Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8 ...
08.10.2018 / 09:48
O`zbekistonda dollar yana ko`tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 16 oktyabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 26,96 so`mga ko`tarilib, 8208,04 so`m tashkil qildi. Evro kursi ham 63,08 so`mga oshib, 9 490 ...
16.10.2018 / 10:11
Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi bo`lib o`tadi
Xalqaro miqyosda e`tiborga sazovor biznes tadbir – sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi birinchi bor O`zbekistonda o`tkaziladi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O ...
11.10.2018 / 20:39
IES quvvatlari yarim asr avval ishga tushirilgan - Prezident ishtirokida yig'ilish o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktabr kuni elektr energetikasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi ...
04.10.2018 / 10:40