O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o`tkazilgan media tadbir Fransiya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan 60 dan ziyod jahonga mashhur olimlar va sharqshunoslarni yig`di. Tadbirda YuNESKOning madaniyat ishlari bo`yicha bosh direktorining o`rinbosari Ernesto Renato Otton Ramires ishtirok etdi. 

O`zining intervyusida Ramires oxirgi yillarda mamlakatda moddiy va ma`naviy merosni saqlash uchun ko`rilayotgan choralarning prinsipial jihatdan muhimligini qayd etdi. «Sizlar butun dunyoga O`zbekistonning boy madaniy merosi nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda - Evropa va AQShning asosiy muzeylarida va boshqa mamlakatlarda saqlanayotganini jahonga ko`rsatish ustida ish olib bormoqdasiz. O`ylaymanki, O`zbekistonning bu masalaga aynan mana shunday jiddiy yondashuvi – tadqiqot, namoyish etish, yangi ilmiy tuzilmalar va loyihalar tuzish orqali yondoshuvi – bu ko`plab mamlakatlar uchun namunadir. Tadqiqot – bu nafaqat akademik bilimlarni, balki farzandlarimiz, yangi avlod uchun bilimlarni uzatishning yo`lidir. Biz YuNESKO O`zbekiston bilan faol ishlayotganidan juda xursandmiz».

Media-ivent chog`ida O`zbekistonning Fransiya to`plamlarida saqlanayotgan madaniy merosiga bag`ishlangan ma`ruzalar tinglandi. Masalan, loyiha doirasida Avisenna, Mirzo Ulug`bek, Alishekr Navoiy kabilarning Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan manuskriptlari joy olgan albom kitobi chop etishga tayyorlanmoqda. Luvrda va Fransiyaning boshqa muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining noyob artefaktlari haqida hikoya qiluvchi yana bir nashr jarayonda.

Mediaivent chog`ida “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida”, “O'zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi albom kitoblarini va manuskriptlar faksimil nusxalari turkumini YuNESKO, Fransiyaning etakchi muzey va kutubxonalariga, O`zbekistonning Fransiyadagi edlchixonasiga beg`araz, sovg`a sifatida topshirish aksiyasi o`tkazildi.

O`zbekiston Reespublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev shunday dedi: «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga bo`lg`usi tashrifi arafasida o`tkazilayotgan tadbirlar davomiyligi e`tiborga molik, birinchidan, madaniy meros masalalariga bag`ishlangan bu tadbir, zero, madaniy meros xalqlarimizning tarixiy ildizi hisoblanadi. Bu kabi madaniy hamda sivilizasion-gumanitar masalalar xalqlarimiz o`rtasidagi o`zaro hamfikrlilikni yanada chuqrlashtirishga, xalqlar o`rtasidagi ishonchga, xizmat qiladi, shu bilan birga bugun Fransiyada o`tayotgan bu kabi ulkan tadbirlar ikki mamlakat madaniyatlari o`rtasida ko`prik vazifasini o`taydiki, bu ham o`ta muhim».

«O`zbekistonning barcha mamlakatlar bilan do`stona munosabatlar o`rnatishga qaratilgan yangi ochiqlik siyosati va o`z mamlakati madaniy merosini tiklashga oid intilishlari o`z samaralarini beradi. Loyiha yangi O`zbekistonda fuqarolik institutlari, davlat va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy mas`ul biznes, jahon ilmiy doiralari nafaqat bizning jamiyatimiz uchun, balki butun taraqqiy etgan dunyo uchun ijtimoiy jihatdan ahamiyatli tashabbuslarni ilgari surish yo`lida o`z sa`y-harakatlarini birlashtirganining yorqin misoli hisoblanadi», deydi o`z chiqishida “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasining muallifi va rahbari Firdavs Abduholiqov.

Media-ivent ishtirokchilari shuningdek, mashhur Luvr muzeyiga, Sharq tillari instituti sharq tillari va sivilizasiyalar milliy instituti (Inalco), qo`shma hamkorlik haqida kelishuvga erishilgan Gima muzeyiga ham tashrif buyurdilar.

 

“Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” (Cultural Legacy of Uzbekistan in World collections) multimedia loyihasi 2016 yildan beri «Eriell Group» neftservis guruhlarining homiylik ko`magida amalga oshirilmoqda. Bugungacha 20 ta albom-kitob, shuningdek, dunyoning turli muzey va kutubxonalaridagi O`zbekistonning boy madaniy merosiga bag`ishlangan 25 dan ziyod hujjatli filmlar dunyo yuzini ko`rdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi. O ...
04.10.2018 / 10:22
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Dehli shahrida “Oʻzbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti” media-iventi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligi va “Eriell” kompaniyasi homiylik koʻmagida tashkil etilgan media ...
27.09.2018 / 09:17
Dehlida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida&rdquo ...
24.09.2018 / 16:23
Toshkentda oktyabr oyida VIII "TEFI-hamdoʻstlik» telefestivali boʻlib oʻtadi
Toshkentda 4 – 7-oktyabr kunlari MDH davlatlararo jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi koʻmagida Rossiya teleakademiyasi tomonidan VIII "TEFI-hamdoʻstlik ...
02.10.2018 / 09:44
Firdavs Abduxoliqov: "O`z boyliklarimizdan yetarlicha foydalana olmayapmiz!"
Kecha «Rossiya-Kultura» telekanalida I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan avangard rasmlarning noyob kolleksiyasiga bag`ishlangan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» ...
25.09.2018 / 18:06
“Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Sevimli” telekanalida “Rossiya-Kultura” telekanali va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ko ...
24.09.2018 / 16:15