O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi

5-oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida» 2017-yil 13-sentyabrdagi qarori hamda 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan «Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni» ijtimoiy loyihasi doirasida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan 4 ta yangi kitob taqdimoti va asarlar mualliflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentlik rasmiy sayti xabar berdi.

O‘zMAA tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida o‘tkazilgan taqdimot va ijodiy uchrashuvda yozuvchilar Qo‘chqor Norqobilning «Bu yerlarda hayot boshqacha», Isajon Sultonning «Hazrati Xizr izidan», Luqmon Bo‘rixonning «Titrayotgan tog‘», Abduqayum Yo‘ldoshevning «Osmon og‘ushi» nomli asarlari keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan, O‘zMAA Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov bugungi kunda yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob, kitobxonlik hamda mutoalaa madaniyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, ularning samarasi haqida so‘z yuritdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Suvon Meli, adabiyotshunos olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov, Islom Yoqubovlar mazkur asarlar o‘zbek adabiyotida muhim voqea ekanligini ta’kidlab, ular haqida o‘zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Kitob ixlosmandlarining yozuvchilar Isajon Sulton, Abduqayum Yo‘ldoshev, Qo‘chqor Norqobillar bilan ijodiy uchrashuvi qizqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Mavzuga oid yangiliklar
Turkiyalik rejissyor "Jaloliddin Manguberdi" haqida film olmoqchi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertugrul” teleserialining rejissyori Mehmet Bo`zdag` boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar bermoqda O ...
16.10.2018 / 10:09
VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси якунланди
2018 йилнинг 8 октябрида бошланган VIII Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси 14 октябрга қадар давом этди. Бугун Марказий кўргазмалар залида биенналенинг тантанали ёпилиш ҳамда ғолибларни тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. &ldquo ...
15.10.2018 / 09:57
Yulduz Turdiyeva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi
Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi. ...
09.10.2018 / 09:39
Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi
14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA. Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat.
15.10.2018 / 14:47
Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev o`z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so`zlab berdi. &ldquo ...
11.10.2018 / 20:34
O`zbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi​
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Yosh dizaynerlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti dizaynerlari sentyabr oyining 19-25 kunlari Italiyaning xalqaro Milan moda haftaligi doirasida o ...
05.10.2018 / 10:33