O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyida boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi. 

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri boʻlmish Luvr Fransiyaning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”dir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh tashrif buyuradi. 

Muzey binosi 1190-yilda Fransiya qiroli Filippe Avguste tomonidan qalʼa sifatida bunyod etilgan. Luvr soʻzi mazkur mudofaa qoʻrgʻoni nomidan olingan. U bir necha asr davomida Fransiya qirollarining qarorgohi boʻlgan. Keyinchalik Versal saroyi qurilgach, 1793-yilda muzeyga aylantirilgan. 

Luvr muzeyida eramizdan avvalgi 7 asrdan hozirgi davrgacha mansub boʻlgan 300 mingdan ziyod eksponat saqlanadi. Muzey zallarida ularning faqat 35 mingtasigina namoyish etiladi. “Miloslik Venera” haykali va Xammurapi qonunlari ustuni, Leonardo da Vinchining “Jokonda” va Yan Vermeyerning “Chevar qiz” kartinalari ular orasida eng mashhurlaridir. 

Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining oʻzi 24 ta zalni egallagan. U yerda mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temur bobomizning Qirol Sharl VIga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk oʻtmishdan soʻzlaydi. 

Davlatimiz rahbari ushbu eksponatlarni tomosha qildi, ularning tarixi bilan qiziqdi. Oʻzbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida koʻrgazmalar tashkil etish, olimlar oʻrtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O'zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi
Rossiya prezidenti kelgusi hafta O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Muzokaralar yakuni bo'yicha muhim hujjatlar to'plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi. «Umid qilamanki, kelgusi hafta Toshkentga davlat tashrifi chog ...
15.10.2018 / 14:49
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ...
16.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboev bilan telefonda muloqot qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. ...
12.10.2018 / 10:37