O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot”

O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini targ`ib qilish, mamlakatimizda mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar hayotini keng yoritish, ularning qiziqishlari, yutuq va muammolari haqida rang-barang media-mahsulotlar yaratishda yosh jurnalist kadrlardan foydalanish o`z samarasini bermoqda.

Bu borada O`zbekiston yoshlar ittifoqi va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan navqiron jurnalistlar malakasini oshirish, tezkor va xolisona mediamahsulot tayyorlash hamdaxalqaro tajribani o`zlashtirish maqsadida ko`plab seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi seminar-trening Konrad Adenaur jamg`armasining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi ko`magida joriy yilning 8-11 oktyabr kunlari “Mening yurtim” telekanalida o`tkazildi. “Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi seminar-treningga etakchi nemis ekspertlaridan biri, Germaniya telekompaniyalar Federal assosiasiyasi Prezidenti Rene Falkner boshchilik qildi.

Ceminarda poytaxt va hududlarda faoliyat yurituvchi 20 nafar muxbir yangi texnologik ishlanmalarni qo`llash, informasion dasturlarni, xususan“Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Markaziy studiya” va “Hudud” axborot dasturlarini kreativ mediamahsulotlar bilan to`ldirishning eng ilg`or tajribalarini o`rganishdi. Shu bilan birga axborot uzatishning nostandart usullari va ko`proq tomoshabinni jalb qilish imkoniyatlari bilan ham tanishishdi. Seminarda asosan yoshlar hayotini yosh jurnalistlar nigohida tahlil qilish va keng yoritish, ularni o`ylantirayotgan masalalarni chuqur o`rganish va unga echim izlash, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini muvofiqlashtirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etishda telejurnalistikaning o`rniga alohida e`tibor qaratildi. Seminar-treninglar yosh jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi va ular o`zlari uchun kerakli ma`lumotlarga ega bo`lishdi.

Ma`lumot uchun: Rene Falkner 1974 yil 21 aprelda Germaniyaning Leypsig shahrida tug`ilgan. U Leypsig universitetining “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish” mutaxassisligibo`yicha tamomlagan bo`lib, ingliz, ispan va fransuz tillarida bemalol so`zlasha oladi. Rene “Sachsen TV” teleradiokompaniyasida direktor lavozimida ishlagan. 2000 yildan bugungi kungacha esa «Sachsen Fernsehen» telekompaniyasida ish boshqaruvchi (internet, reklama, OAV, televidenie, media-mahsulotlar bo`yicha mas`ul) vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari Rene 2016 yildan buyon Germaniya telekompaniyalar Federal assosiasiyasi Prezidenti.

Mavzuga oid yangiliklar
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46