O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Global tadbirkorlik haftaligi” ga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi

“Global tadbirkorlik haftaligi” har yili dunyo bo`ylab 160 ta mamlakatda o`tkazilib, mahalliy tadbirkorlik ekotizimini yaratish va rivojlantirishga ko`mak berish bo`yicha faoliyat olib boradi.

O`tgan yilda ilk marotaba o`tkazilgan “Global tadbirkorlik haftaligi” tadbirlarida 6 ming nafardan ortiq yoshlar, 150 nafaran ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etgan.

Joriy yilning 12 –18 noyabr kunlari o`tkaziladigan “Global tadbirkorlik haftaligi” oldidan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o`rinbosari Bunyodbek Bahrombekov, tajribali tadbirkor Hikmat Abdurahmonov, Zuhra Abdurahmonovalar spiker sifatida qatnashdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, “Global tadbirkorlik haftaligi” O`zbekiston milliy tadbirkorlik ekotizimi yaratish, mamlakatga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, chet el tadbirkorlarini mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishtirish, tadbirkorlar o`rtasida o`zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun muhim tarmoqqa aylanmoqda. Tadbirkorlik haftaligi doirasida Toshkent shahri va Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida maxsus biznes treninglar, taqdimotlar, mahorat darslari, B2B uchrashuvlar tashkil etish belgilangan. Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida Yosh tadbirkorlar biznes forumi tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilinganligi haqida atroflicha ma`lumot berildi. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasida yoshlarning biznes tashabbuslari, “startap”lari, g`oya va loyihalarini amalga oshirish tizimi yaratilgan.

O`tgan qisqa davr mobaynida, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga zaruriy infratuzilmalar yaratildi. Xususan, hududlarda 98 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari hamda 14 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari tashkil etildi. Bugungi kunga qadar, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi mablag`lari hisobidan 1720 ta biznes loyiha jami 196,2 mlrd. so`m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag`i bilan moliyalashtirilib, 5114 ta yangi ish o`rni yaratilishiga erishildi.

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov bugungi kunda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, o`tkaziladigan mazkur tadbirkorlik haftaligi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bilan birgalikda, yoshlarni o`z shaxsiy biznesini tashkil etishga rag`batlantirish uchun xizmat qilayotganligini alohida ta`kidladi.

“Global tadbirkorlik haftaligi”ni o`tkazishdan asosiy maqsad – muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar bilan yosh tadbirkorlar o`rtasida o`zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, ularni yangi g`oyalarga ilhomlantirish va yoshlar orasida biznes yuritish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimizda tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish, biznesni rivojlantirishda qo`l keladigan dunyodagi ilg`or tajriba va zamonaviy vositalar bilan yoshlarni tanishtirish hamda O`zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08