O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Yig`ilish​da yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan natijalar muhokama​ qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi. 

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni amalda bo`lgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik sub`ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos bo`ldi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda ko`zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investisiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishi hamda bo`sh pul mablag`larining muhim investisiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

O`z navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, banklar va sug`urta kompaniyalarining bo`sh mablag`larini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yig`ilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi bo`yicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, tijorat banklari va sug`urta kompaniyalarining bo`sh mablag`larini muhim investisiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qog`ozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarga erishishni ta`minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. 

Mavzuga oid yangiliklar
O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi umumiymuhokamaga qo`yildi. ...
16.10.2018 / 10:11
Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi bo`lib o`tadi
Xalqaro miqyosda e`tiborga sazovor biznes tadbir – sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi birinchi bor O`zbekistonda o`tkaziladi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O ...
11.10.2018 / 20:39
Sirdaryoda yuqori hosildorlikka erishgan fermerga "Lasetti" avtomobili topshirildi
Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligida birinchi terimdayoq 29,5 sentnerdan yuqori navli paxta hosili olindi. Xo`jalik rahbari Abdulla Begmatovning telefon orqali ma`lum qilishicha ...
05.10.2018 / 10:30
O`zbekistonda dollar yana ko`tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 16 oktyabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 26,96 so`mga ko`tarilib, 8208,04 so`m tashkil qildi. Evro kursi ham 63,08 so`mga oshib, 9 490 ...
16.10.2018 / 10:11
Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda «Turon24» xabar berdi. «Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8 ...
08.10.2018 / 09:48
IES quvvatlari yarim asr avval ishga tushirilgan - Prezident ishtirokida yig'ilish o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktabr kuni elektr energetikasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi ...
04.10.2018 / 10:40