O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Respublika bo`ylab "Huquqiy bilimlar kuni" nomi ostida fleshmob o`tkazilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy bilimini baholash va rag`batlantirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga etkazish bo`yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 11-12 oktyabr kunlari butun respublika bo`ylab “Huquqiy bilimlar kuni” nomi ostida fleshmob ko`rinishidagi tadbirlar o`tkazilmoqda.

#huquqiybilimlarkuni heshtegi ostida o`tgan fleshmob Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar hamda ulardagi tumanlar markazlarida tashkil etildi.

Toshkent shahri hududida esa bir vaqtning o`zida 6 ta joyda: Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Eko bozor” savdo majmuasi, Chilonzor tumanidagi “G`afur G`ulom” istirohat bog`i, Shayxontohur tumanidagi “Anhor lokomotiv” parki, Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori hamda “Mega planet” savdo majmuasi markaziy maydonlarida bo`lib o`tdi.

Fleshmobda minglab fuqarolar ishtirok etib, tadbir doirasida ularga hududiy adliya organlari va adliya bo`limlari xodimlari hamda notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Ishtirok etgan fuqarolarga Adliya vazirligi tomonidan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan hamda aholi bilishi lozim bo`lgan uy-joy, oila, soliq, bank, tadbirkorlik, er, mehnat va ta`lim qonunchiligiga oid, ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy sug`urta bilan bog`liq munosabatlar, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalardagi asosiy huquqiy masala va tushunchalarni o`zida jamlagan 20 000 dan ortiq 
“Hayotiy muhim masalalar bo`yicha huquqiy qo`llanma” bepul tarqatildi.

Shuningdek, fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag`batlantirish uchun tadbirlar doirasida tanlov-testlar, viktorinalar, huquqiy targ`ibotga doir boshqa aksiyalar va turli tanlovlar tashkil etildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan 15 000 dan ortiq huquqiy testlar echilib, faol ishtirokchilar qimmatbaho esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbirlarning bayramona ruhda o`tishi hamda yanada qiziqarli bo`lishi uchun ularda taniqli xonandalar, shu jumladan yoshlar orasida mashhur estrada yulduzlari hamda kino va teatr namoyandalari, aktyor va aktrisalar ham ishtirok etishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08