O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboev bilan telefonda muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida ko`p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari o`zaro savdo aylanmasi hajmi izchil ortib, nomenklaturasi kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e`tibor qaratildi.

Sanoat, energetika, transport-kommunikasiya, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarda aniq qo`shma loyihalar bo`yicha ishbilarmonlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Madaniy-gumanitar, ta`lim, sog`liqni saqlash va turizm sohalaridagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi, bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi an`anaviy do`stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Tomonlar eng muhim masalalar, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda samarali kurashish bo`yicha yondashuvlari mushtarak ekanini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo`lida intilishlari qat`iy ekanini ta`kidladilar.

Mavzuga oid yangiliklar
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O'zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi
Rossiya prezidenti kelgusi hafta O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Muzokaralar yakuni bo'yicha muhim hujjatlar to'plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi. «Umid qilamanki, kelgusi hafta Toshkentga davlat tashrifi chog ...
15.10.2018 / 14:49
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ...
16.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev Misr bosh imomini qabul qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni yurtimizga tashrif bilan kelgan Misr bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi. ...
12.10.2018 / 10:36