O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Islandiyada ming kishiga 796 gazeta to`g`ri keladi, bizda-chi?

2018 yil 11 oktyabr kuni “Do`rmon“ ijod uyida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda “Hududiy ommaviy axborot vositalarining holatini yaxshilash bo`yicha taklif va tavsiyalar” mavzusida o`quv-seminari o`tkazildi.

O`quv-seminarida Toshkent viloyatida faoliyat yuritadigan gazeta, jurnal, televidenie, radio, veb-saytlar tahririyatlari ijodiy xodimlari ishtirok etdi.

– So`nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo`lganida ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biz buni qabul qilinayotgan sohaga oid mukammal qonun hujjatlarida, shuningdek, OAVning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarda ko`rishimiz mumkin, – deydi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o`rinbosari S.Shukurov. – Bu kabi o`quv-seminarlari respublikamizning barcha hududlarida tashkil etib kelinmoqda. Maqsad – tuman nashrlari faoliyatida mavjud muammolarni o`rganish, hamkorlikda ularni hal etish yo`llarini topishdir. Eng asosiysi, tadbir oddiy tadbirligicha qolib ketmasligi kerak. Ya`ni uning yakuniga ko`ra, viloyat, tuman va shahar tahririyatlarida ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilishi zarur.

Tashkil etilgan muloqotda mamlakatimizda so`nggi yillarda ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma nashrlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, sohani rivojlantirishga doir qator qonun hujjatlari qabul qilingani ta`kidlandi. Ayni paytda sohada obuna, moddiy-texnik baza va kadrlar bilan bog`liq jiddiy muammolar mavjudligiga e`tibor qaratildi.

Amaliy mashg`ulotda O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti mutaxassislari N.Toshpo`latova hamda B.Alimovlarning “Hududiy bosma nashrlarning bugungi holati: menejment va marketing yo`nalishlaridagi muammolar va ularni yaxshilash bo`yicha takliflar”, “Hududiy nashrlarda axborot tayyorlash – kontent masalasi”, “Jurnalist tekshiruvini olib borish bosqichlari va tamoyillari” kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun ma`ruzachilar tomonidan interfaol o`yinlar o`tkazildi.

Seminar yakunida tahririyatlarni iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, gazetalarni mazmunan boyitish, saviyasi va o`qishliligini oshirish, jurnalistlarning kasb malakasini yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Ma`lumot uchun aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda 665 gazeta o`rtacha 4 million nusxada chop etilishini inobatga olsak, bosma nashrlarning o`quvchilarni qamrab olish darajasi ancha past ekani oydinlashadi. O`z navbatida, ushbu holat bosma nashrlar, ayniqsa, tuman va shahar gazetalari uchun iqtisodiy jihatdan murakkab vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Internet taraqqiy etgan ayni axborot zamonida bu ko`rsatkich Islandiyada har ming nafar aholiga qariyb 796 gazeta to`g`ri keladi va bu dunyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Bu borada Yaponiya 634 dan ziyod ko`rsatkich bilan ikkinchi o`rinni egallaydi. Osiyo qit`asining yana bir vakili – Janubiy Koreyada esa har ming o`quvchiga qariyb 450 gazeta to`g`ri keladi. Xo`sh, O`zbekistonda-chi?

Xo`sh, bir tomondan internet jurnalistika axborot makonini egallayotgan, boshqa tomondan obuna masalasi tobora og`irlashib borayotgan mana shunday murakkab sharoitda nima qilish kerak? Gazetalar adadini qanday ko`paytirish mumkin? Qachonki, gazeta sahifalarida hududlardagi dolzarb, aholini qiynab kelayotgan yoki ular uchun ham manfaatli bo`lgan mavzular ochiq-oydin yoritilsa, mavjud muammolar yuzasidan tahliliy-tanqidiy materiallar muntazam berib borilsa, shu bilan birga, faoliyatga yondashuvni o`zgartirib, bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda, marketing ishlari to`g`ri yo`lga qo`yilsagina gazetalar adadi ortadi. Bu esa bosma nashrlarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lishini ta`minlaydi.

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08